JÇ kundaligi: Şvetsiya Tunisni gollarga “kömib taşladi”
Futbol böyiça 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi 1-turidan örin olgan Monterrey stadionidagi bahsda Şvetsiya milliy terma jamoasi Tunisni 5:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Uçraşuv Tunis uçun fojiali tarzda boşlandi. Öyinning 7-daqiqasida Yasin Ayari hisobni oçib, Şvetsiyani oldinga olib çiqdi. 30-daqiqada Viktor Gyokereş öziga xos tarzda markazdan ajoyib uzatmani amalga oşirdi va uning şerigi Aleksander Isak imkoniyatni qöldan boy bermay, hisobni işonçli körinişga keltirdi – 2:0.
43-daqiqada Xannibal Mejbrining ijodkorona uzatmasini Omar Rekik aniq yakunlab, intrigani qaytardi. Ikkinçi bölimda afrikaliklar hisobni tenglaştiriş uçun bor kuçini taşladi. Biroq, Tunis öyinni qutqariş haqida jiddiy öylayotgan bir paytda, Şvetsiya yulduzlari yana sahnaga çiqdi.
Bu safar rollar almaşdi: 59-daqiqada Aleksander Isakning pasidan söng, endi Viktor Gyokereş öz nomini tabloga yozdirib, barça qarşiliklarga nuqta qöydi – 3:1. 85-daqiqada Matias Svanberg hisobni yanada yiriklaştirdi. Öyinga yakuniy nuqtani esa Ayari qöydi.
Bu işonçli ğalaba Şvetsiyaga muhim 3 oçkoni taqdim etdi. Guruhning 2-turida Şvetsiya yana bir favorit Niderlandiya bilan töqnaş keladi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq “E” guruhi 1-turidan örin olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlanib, bahs 7:1 hisobida germaniyaliklar foydasiga hal bölgan edi.