Getji Topuriyani Trampning köz öngida “er tişlatdi”
Oq uydagi tarixiy “UFC Freedom 250” turnirining asosiy kard jangida Jastin Getji Iliya Topuriyani texnik nakautga uçratib, yengil vazn toifasining yangi çempioni va kamar sohibi böldi.
Bugun, Toşkent vaqti bilan 15 iyun tongida AQŞ poytaxti Vaşingtondagi Oq uyda tarixiy “UFC Freedom 250” turniri bölib ötdi. Ilk bor professional sport musobaqasi Oq uy hududida taşkil etildi. Turnir AQŞ mustaqilligining 250 yilligi va Prezident Donald Trampning 80 yoşga tölişi munosabati bilan ötkazildi.
Keçaning markaziy jangida yengil vazn toifasidagi çempionlik uçun Iliya Topuriya va Jastin Getji oktagonga kötarildi. Jangning dastlabki raundlarida Topuriya ustunlik qilgan bölsa-da, keyinçalik amerikalik Getji kuçli hujumlar uyuştirib, raqibini oğir ahvolga soldi. Törtinçi raunddan keyin şifokorlar tekşiruvi ötkazildi va Topuriyaning köriş bilan boğliq muammolari borligi sababli murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. Şu tariqa Jastin Getji UFC yengil vazn toifasidagi çempionlik kamarini qölga kiritdi.
“Bunga özim ham işonolmayapman. Birinçi raunddan ötib olişim kerakligini bilardim, çunki u yangi kuç bilan juda xavfli, lekin mening çidamliligim, matonatim va yuragim meni olğa olib çiqdi”, degan Getji jangdan keyin.
Keçaga taşrif buyurgan AQŞ Prezidenti Donald Tramp Jastin Getjini şaxsan tabrikladi.
Ko-meyn iventda frantsiyalik Siril Gan braziliyalik Aleks Pereyrani ikkinçi raundda nokautga uçratib, oğir vazn toifasida vaqtinçalik çempionlik kamarini qölga kiritdi.
Turnir doirasida yana bir qator şov-şuvli janglar bölib ötdi. Sobiq çempion Şon ÖMelli kanadalik Ayemann Zahabini nokaut evaziga mağlub etdi. Şuningdek, Bo Nikal Kayl Daukausni birinçi raundda nokaut qilib, muxlislar olqişiga sazovor böldi.
Ommaviy axborot vositalari malumotlariga köra, turnirni Oq uy hududida 4 mingga yaqin mehmon tomoşa qilgan. Yana ön minglab muxlislar Vaşington markazidagi maxsus tomoşa maydonlarida janglarni kuzatgan. Tadbirda AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset, Meta kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg, siyosatçilar, biznes va şou-biznes vakillari ham qatnaşgan.