AQŞga kiritilmagan hakam FIFA’dan töliq tovon puli oladi
Somalilik hakam Umar Artan AQŞdagi immigratsiya muammolari sababli 2026 yilgi Jahon çempionatida işlay olmagan bölsa-da, FIFA unga töliq kompensatsiya tölab beradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
34 yoşli hakam bilan boğliq voqea turnir davomida eng köp muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Artan musobaqada faoliyat yuritiş uçun Mayami xalqaro aeroportiga yetib kelgan, ammo AQŞ rasmiylari tomonidan 11 soat davomida söroq qilinganidan keyin mamlakatga kirişiga ruxsat berilmagan.
Malum qilinişiça, AQŞ rasmiylari uni terrorçilik guruhlari bilan aloqador şaxslar bilan boğliqlikda gumon qilgan. Artan esa, bu ayblovlarni qatiy ravişda rad etgan.
“Menda barça zarur hujjatlar bor edi. Vizam ham töğri rasmiylaştirilgan. Men faqat hayotimdagi eng katta orzuim – Jahon çempionati öyinlarini boşqariş imkoniyatini röyobga çiqariş uçun kelgandim”, deydi hakam.
Söroq jarayonida undan “Aş-Şabab” guruhi haqida ham bir neça bor söralgan. Artan esa, uşbu taşkilot haqida heç qanday malumotga ega emasligini bildirgan.
Keyinçalik u Turkiyaga uçuvçi reysga çiqarilgan. FIFA vakillari uni Istanbulda kutib olib, Mogadişoga qaytişida amaliy yordam körsatgan.
Garçand Artan birorta ham öyinda işlamagan bölsa-da, FIFA unga belgilangan haqni töliq tölab beradi. Biroq kompensatsiyaning aniq miqdori turnir yakuniga qadar oşkor etilmaydi.
Malumot uçun, Umar Artan sönggi yillarda xalqaro maydonda katta muvaffaqiyatlarga erişdi. U 2025 yilda Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) tomonidan erkaklar örtasida “Yilning eng yaxşi hakami” deb topildi. Şuningdek, u Afrika Çempionlar ligasi finalidagi “Piramids” va “Mamelodi Sandaunz” jamoalari örtasidagi hal qiluvçi bahsni boşqargan ilk somalilik hakam sifatida tarixga kirgan.
Bundan taşqari, FIFA unga Çilida bölib ötgan U-20 Jahon çempionati uçraşuvlarini, jumladan, uçinçi örin uçun bahsni işonib topşirgan. Artan ketma-ket ikki marta Afrika Millatlar Kubogi öyinlarida ham faoliyat yuritgan.