Germaniya MTJ bazasidan zaharli ilonlar topildi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Yoşua Kimmix AQŞda ötayotgan 2026 yilgi Jahon çempionati vaqtida jamoa bazasi hududida zaharli ilonga duç kelganini malum qildi. Bu haqda u keça, 16 iyun kuni matbuot anjumanida malum qildi.
“Keça ilonni kördik va bizga uning zaharli ekanini aytişdi. Agar u çaqsa, şifoxonaga borişga töğri keladi. Ölib qolişingiz mumkin, deb öylamayman, ammo baribir xavfli. Agar şunday ilonlardan biriga tasodifan bosib qöysangiz, oqibati yaxşi bölmasligi mumkin degan hissiyot bor”, deydi Kimmix.
Malumot uçun, Germaniya terma jamoasi Jahon çempionati guruh bosqiçining birinçi turida Kyurasaoni 7:1 hisobida mağlub etgan edi. Nemislar navbatdagi uçraşuvini Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarşi ötkazadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yilgi Jahon çempionati uçun AQŞning Kaliforniya ştati San-Diyego şahrida joylaşgan Şveytsariya terma jamoasi ilonlar sabab yangi qarorgoh qidirayotgani haqida xabar berilgandi.