Özbekiston JÇdagi yurişini boşlamoqda
Ertaga, 18 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvini ötkazadi. Debyut bahsda Fabio Kannavaro boşçiligidagi jamoa Kolumbiya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 07:00 da Meksikadagi “Atsteka” stadionida start oladi.
Nestor Lorenso boşçiligidagi Kolumbiya terma jamoasi sönggi yillarda barqaror natijalar qayd etgan asosiy tarkib özagini saqlab qolgan. Luis Dias, Xames Rodriges, Jefferson Lerma va Jon Kordoba jamoaning asosiy yetakçilari hisoblanadi. Kolumbiya Janubiy Amerikadagi eng muvozanatli tarkiblardan biriga ega jamoalar qatorida köriladi. Ular ham töp nazorati, ham tezkor qarşi hujumlarda samarali öyin körsata oladi. Jamoaning asosiy hujum sxemalari Luis Dias orqali çap qanotdan taşkil etiladigan tezkor reydlar va Xames Rodrigesning markazdagi ijodkor qarorlariga tayanadi.
Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon çempionatiga yöllanma olgan holda turnirga taşrif buyurmoqda. Jamoa asosan Yevropada töp suradigan futbolçilarga tayanadi. Eldor Şomurodov, Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayev kabi yetakçilar jamoaning asosiy tayançi bölişi kutilmoqda.
Özbekiston terma jamoasida öyin oldidan ayrim yöqotişlar ham mavjud. Xususan, Jaloliddin Maşaripov jarohat sababli turnirni ötkazib yuborişi malum qilingan. Şuningdek, asosiy tarkib futbolçilaridan biri hisoblangan Hojiakbar Aliqulovning holati töliq aniq emas. Uning Kolumbiyaga qarşi öyinni asosiy tarkibda boşlaşi ehtimoli past ekani aytilmoqda.
Özbekiston uçun bu uçraşuv tarixiy ahamiyatga ega bölib, jamoa özining ilk mundial bahsida kuçli raqibga qarşi sinovdan ötadi. Kolumbiya esa tajriba va individual mahorat jihatidan ustun jamoa sifatida bahoga kirmoqda.