Eron JÇdagi qiyinçiliklar yuzasidan FIFA’ga şikoyat yölladi
Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon çempionatiga tayyorgarlik jarayonida duç kelayotgan çeklovlar yuzasidan FIFA’ga rasmiy şikoyat kiritişini malum qildi. Bu haqda federatsiya bayonotiga tayanib, “The Telegraph” naşri xabar berdi.
Eron tomonining noroziligi jamoaga AQŞ hududiga Belgiyaga qarşi öyindan atigi bir kun oldin kirişga ruxsat berilgani bilan boğliq. Uşbu uçraşuv joriy yilning 21 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boşlanişi rejalaştirilgan.
“Eron futbol federatsiyasi bunday çeklovlar musobaqa iştirokçilari uçun teng şaroit yaratiş tamoyiliga zid deb hisoblaydi. Bu holat jamoaning tayyorgarlik jarayoniga salbiy tasir körsatişi mumkin. Şu bois federatsiya rasman norozilik bildiradi va tegişli tartibda FIFA’ga şikoyat yuboradi”, deyiladi FFIRI bayonotida.
Eslatib ötamiz, Eron terma jamoasi Jahon çempionati guruh bosqiçidagi ilk uçraşuvida Yangi Zelandiya bilan 2:2 hisobida durang öynagan edi. Kaliforniya ştatidagi Inglvud şahrida bölib ötgan bahsdan söng jamoa rejadagiday AQŞda qoliş örniga Meksikaning Tixuana şahridagi yiğiniga qaytişga majbur bölgan.
Boş murabbiy Amir Ğalenoyi Yangi Zelandiyaga qarşi öyindan keyin öz jamoasini turnirdagi “eng ruhiy tuşkun holatdagi jamoa” deb atagan.
Malumot uçun, Eronning 2026 yilgi Jahon çempionatidagi iştiroki bir neça oy davomida noaniq bölib keldi. Federatsiya terma jamoa iştirokidagi AQŞda ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuvlarni Meksikaga köçirişga uringan, ammo bu taşabbus qöllab-quvvatlanmagan.
Şuningdek, Eron delegatsiyasining 15 nafar azosiga AQŞ vizasi berilmagani xabar qilingan. Keyinçalik ularning tört nafari apellyatsiya orqali viza olişga muvaffaq bölgan.