Hakimi zörlaş ayblovi böyiça sudlanadi
Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi va Marokaş milliy terma jamoasi himoyaçisi Aşraf Hakimi zörlaş ayblovi böyiça jinoiy sudda javob beradi. Bu haqda Frantsiya OAVlari xabar berdi.
Qayd etilişiça, Versal apellyatsiya sudi futbolçining işni jinoiy sudga ötkaziş haqidagi qaror ustidan bergan şikoyatini rad etgan. Bu esa işning sudda körib çiqilişiga yöl oçgan. 27 yoşli Hakimi mazkur qarorga munosabat bildirib, öz nuqtai nazarini bayon qiliş imkoniyatini kutayotganini malum qilgan.
“Bugun mening hayotim, oilam va eng muhimi haqiqat hisobidan menga tegişli bölmagan yolğon tarqatilmoqda. Bazan özimni oson nişonga aylangandek his qilaman”, deb yozgan futbolçi X ijtimoiy tarmoğida.
Uning bildirişiça, u birinçi kundanoq sud jarayoni boşlanişini kutib kelgan.
“Men bu sudni birinçi kundan beri kutyapman. Nihoyat, öz fikrimni oçiq ayta olaman”, degan Hakimi.
Hozirça sud muhokamasi qaçon boşlanişi malum qilinmagan. Versal apellyatsiya sudi, futbolçining advokati, PSJ klubi hamda Marokaş futbol federatsiyasi bu masala böyiça izoh bermagan.
Malumot uçun, Frantsiyaning Nanter prokuraturasi 2023 yilda Aşraf Hakimiga qarşi zörlaş haqidagi davo ortidan tergov boşlagan edi. Frantsiyaning “Le Parisien naşri” öşa paytda futbolçi tomonidan 24 yoşli ayol zörlanganini iddao qilgandi.
Ayni paytda Hakimiga nisbatan ayblovlar sud tomonidan tasdiqlangani yöq va u qonun nuqtai nazaridan aybsizlik prezumptsiyasi huquqidan foydalanib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappe sobiq jamoadoşi, PSJ himoyaçisi Aşraf Hakimiga nisbatan 2023 yilda qözğatilgan jinoyat işi böyiça guvoh sifatida söroq qilingandi.