Braziliya Gaitini yirik hisobda yengdi
Bugun, 20 iyun kuni 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining “C” guruhi 2-turidan örin olgan Braziliya va Gaiti terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bölib ötdi. Mazkur bahsda Braziliya terma jamoasi 3:0 hisobida ğalaba qozondi.
Öyin AQŞning Pensilvaniya ştati, Filadelfiya şahridagi “Linkoln Faynenşel Fild” stadionida ötkazildi.
Pentakampeonlar hujumçisi Mateus Kunya 23-daqiqada hisobni oçdi. 36-daqiqada esa u dubl qayd etdi.
40-daqiqada Braziliya terma jamoasi hujumçisi Rafinya jarohat olgani sababli maydonni tark etdi. Bundan oldin futbolçi maysaga ötirib qolgan va unga tibbiy xodimlar yordam körsatgan edi.
45+3-daqiqada qanot hujumçisi Vinisius Junior hisobni yirik körinişga olib keldi. Uçraşuvning qolgan qismida gollar urilmadi va öyin 3:0 hisobida yakunlandi.
Malumot uçun, “C” guruhining 1-turida Braziliya Marokaş bilan 1:1 hisobida durang öynagan bölsa, Gaiti Şotlandiyaga 0:1 hisobida mağlub bölgan edi.
Endilikda Braziliya 3-tur doirasida joriy yilning 25 iyun kuni Şotlandiyaga qarşi maydonga tuşadi, Gaiti esa şu kuni Marokaş bilan kuç sinaşadi.