Ronaldino 46 yoşida futbolga qaytmoqda
2005 yilgi “Oltin töp” sohibi Ronaldino 46 yoşida professional faoliyatini qayta tiklaydi va Italiyaning “Ravenna” klubi bilan şartnoma imzolaydi. Bu haqda futbolçining öziga tayanib, “La Gazzetta dello Sport” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Ronaldinoning rasmiy taqdimoti joriy yilning 23 iyun kuni Mayami şahrida bölib ötadi. Şundan söng braziliyalik futbolçi jamoaning yiğinlarida iştirok etib, murabbiylar ştabi bilan mavsumoldi tayyorgarlik maşğulotlarini boşlaydi. “Ravenna” klubini tadbirkor Inyatsio Çipriani boşqaradi.
“Yangi ranglar, öşa tabassum. Men yana töp bilan raqs tuşişni va Inyatsio hamda Çipriani oilasi bilan yangi tarix yozişni intiqlik bilan kutyapman. Futbol men uçun har doim quvonç manbai bölib kelgan va men şu ruhni Ravennaga olib kelmoqçiman”, deydi Ronaldino.
Ötgan mavsumda “Ravenna” S seriyasi V guruhida 73 oçko jamğarib, uçinçi örinni egallagan va V seriyasiga çiqiş uçun pley-off yöllanmasini qölga kiritgan. Biroq jamoa 1/8 finalda “Çittadella”ga mağlub bölgan.
Malumot uçun, Ronaldino faoliyati davomida “Gremio”, “Pari Sen-Jermen”, “Barselona”, “Milan”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Keretaro” va “Fluminense” jamoalari şarafini himoya qilgan. U professional futbolçilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan edi. Braziliya terma jamoasi safida Ronaldino 1999 yilgi Amerika Kubogi, 2002 yilgi Jahon çempionati va 2005 yilgi Konfederatsiyalar kubogida ğolib çiqqan. Şuningdek, u 2005 yilda “Oltin töp” mukofotini qölga kiritgan.