Messi faoliyatini “Inter Mayami”da tugatmoqçi
19-09-2025, 16:42
140 марта

Messi faoliyatini “Inter Mayami”da tugatmoqçi
Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi va Amerikaning “Inter Mayami” klubi yangi köp yillik şartnoma böyiça yakuniy kelişuv arafasida turibdi. Faqat ayrim tafsilotlarni kelişib oliş qolgan. Muzokaralar yakuniy bosqiçga kirgan va kelişuv tez orada amalga oşirilişi kutilmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.Uzoq muddatli şartnoma 38 yoşli futbolçining 2026 yilda AQŞ, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon çempionati paytigaça Amerikada qolişini va katta ehtimol bilan faoliyatini şu jamoada yakunlaşini bildiradi.
Manbaga köra, Messi va “Inter Mayami” örtasida şartnoma kelişilgaç, hujjat yakuniy tasdiqlaş uçun MLS rahbariyatiga yuboriladi. Argentinalik yulduz boşqa ligalarga ötişi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, Messi va Mayami klubi munosabatlarini maydonda va undan taşqarida ham davom ettirişdan manfaatdor ekanini bildirgan.
“Messining Janubiy Floridada özini qulay his etişi va faoliyatini şu yerda yakunlaşi uçun biz qölimizdan kelgan barça işni qilamiz”, deydi “Inter Mayami” rahbarlaridan biri Xorxe Mas.