USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Messi Argentinadagi sönggi öyinini ötkazdi

106 марта

Messi Argentinadagi sönggi öyinini ötkazdi

Keça, 4 sentyabr kuni Argentinaning Estadio Mâs Monumental stadionida bölib ötgan baxsda Argintina Venesuela ustidan 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Unda Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi sönggi öyinini ötkazdi va dubl qayd etib, uçraşuvning eng yaxşi futbolçisi sifatida maydondan çiqdi. Bu öyin bilan u nafaqat muxlislariga, balki özi tuğilib ösgan mamlakat timsoliga ham ramziy xayrlaşuv qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Messi Argentinaga 2005 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda va şu davr içida terma jamoa tarixidagi eng yirik yutuqlarga hissa qöşdi. U 181 ta öyinda maydonga tuşib, 106 ta gol urdi va 56 ta golli uzatma berdi. 2021 yilda u terma jamoa bilan nihoyat Kopa Amerikada zafar quçdi, 2022 yilda esa Qatar mundialida Argentina 36 yildan keyin dunyo çempioni bölişiga boş-qoş böldi. Şu bilan birga, 2022 yilda Finalissima musobaqasida ham ğalaba qozonib, milliy jamoaning oltin davrini yaratdi.


Messining terma jamoadan ketişi sabablari bir neçta omillar bilan izohlanadi. Birinçidan, u 37 yoşga kirib, jismoniy holati avvalgi kabi yuqori darajada emasligi sezila boşladi. Ikkinçidan, u özining xalqaro futbol tarixidagi eng katta marralarga erişganini, endi yoşlarga imkoniyat beriş vaqti kelganini takidlab kelmoqda. U özi ham intervyularida "hamma narsaga erişdim" degan fikrni oçiq aytgan. Uçinçidan, klub faoliyatiga köproq etibor qaratiş, jarohatlardan ehtiyot böliş va futbolni professional darajada çiroyli yakunlaş istagi ham muhim rol öynaydi.

Messining qarori futbol olamida katta rezonans uyğotdi. Bazi mutaxassislar va sobiq futbolçilar uni "eng oliy çöqqida turganida ketgani uçun" maqtaşdi, bu orqali u abadiy yorqin xotira qoldirganini takidlaşdi.

Ayrimlar esa Messining hali ham terma jamoaga foyda keltira olişiga işongan holda, ketişini erta deb hisoblamoqda. Muxlislar orasida esa qarama-qarşi fikrlar mavjud bölsa-da, köpçilik uni barça davrlarning eng buyuk futbolçisi sifatida kuzatmoqda.

Messining Argentina terma jamoasi bilan yöli futbol tarixidagi eng ulkan hikoyalardan biri sifatida qoldi. U bir paytlar marhum Diyego Maradonaga qiyos qilinib, katta bosim ostida faoliyat boşlagan bölsa, yakunda öz davrining eng buyuk futbolçisiga aylandi. Şu bilan u nafaqat Argentina, balki butun futbol tarixiga abadiy nom qoldirdi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: