Turkiya Jahon çempionatida antirekord örnatdi
Turkiya terma jamoasi Jahon çempionati tarixida ilk bor ikki öyinda 62 ta zarba yöllab, birorta ham gol urolmagan jamoaga aylandi. Bu haqda “Opta” statistika portali xabar berdi.
Turklar guruh bosqiçining dastlabki ikki uçraşuvida Avstraliyaga 0:2 va Paragvayga 0:1 hisobida mağlub bölib, pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyatini muddatidan avval yöqotdi. San-Frantsiskoda bölib ötgan “D” guruhining ikkinçi tur bahsida Paragvay bir futbolçisi maydondan çetlatilganiga qaramay, Turkiyani 1:0 hisobida mağlub etdi.
Guruh bosqiçidagi ikki öyin davomida Turkiya futbolçilari raqib darvozasi tomon 62 marta zarba bergan. “Opta” malumotlariga köra, bu 1966 yildan beri yuritib kelinayotgan statistikada ikki öyinlik davrda gol urmasdan qayd etilgan eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Şuningdek, portal Turkiya terma jamoasi himoyaçisi Abdulkarim Bardakçining ham rekord qayd etganini malum qilgan. U Paragvayga qarşi bahsda amalga oşirgan barça 98 ta uzatmasini aniq bajarib, Jahon çempionatlari tarixida bir öyinda xatosiz eng köp uzatma bergan futbolçilar qatoriga kirgan.
Malumot uçun, hozirga kelib Turkiya va Gaiti terma jamoalarining Jahon çempionatida keyingi bosqiçiga çiqolmasligi aniq bölib ulgurdi.