Germaniya pley-off bosqiçiga çiqdi
Bugun, 21 iyun kuni 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati “E” guruhining 2-turidan örin olgan Germaniya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Uçraşuvda Germaniya terma jamoasi irodali öyin namoyiş etib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi va pley-offga çiqiş masalasini hal qildi.
Kanadaning Toronto şahridagi “Bimo Fild” stadionida bölib ötgan bahsni paragvaylik hakam Xuan Gabriel Benites boşqarib bordi.
Hisob 30-daqiqada Kot-d’Ivuar yarim himoyaçisi Frank Kesse tomonidan oçildi. Afrikaliklar birinçi bölimni ustunlik bilan yakunladi.
Ikkinçi taymda Germaniya bosimni kuçaytirdi va 68-daqiqada hujumçi Deniz Undav hisobni tenglaştirdi. Uçraşuv dramatik tarzda keçdi va qöşimça vaqtning 90+4-daqiqasida yana öşa Undav gol urib, dubl muallifiga aylandi hamda jamoasiga ğalaba keltirdi — 2:1.
Ikki turdan keyin Germaniya 6 oçko bilan “E” guruhi peşqadami bölib turibdi. Kot-d’Ivuar esa 3 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi. Guruh bosqiçining sönggi turida, 25 iyun kuni Germaniya Ekvadorga qarşi maydonga tuşadi. Kot-d’Ivuar esa Kyurasao bilan bahs olib boradi.