USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1000 öyin ostidagi 96 yil: futbol tarixini özgartirgan lahzalar

92 марта
1000 ўйин остидаги 96 йил: футбол тарихини ўзгартирган лаҳзалар

Keça, 21 iyun kuni bölib ötgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv futbol böyiça Jahon çempionatlari tarixidagi 1000-öyin sifatida qayd etildi. Qariyb bir asrlik tarixga ega mundial davomida futbol olami unutilmas ğalabalar, dramatik mağlubiyatlar, bahsli qarorlar va afsonaviy futbolçilarning yuksalişiga guvoh böldi. Lyusen Loranning ilk golidan tortib, Pelening hukmronligi, Maradonaning “Xudoning qöli”, Zidanning boşi va Messining orzusi uşalgan Qatar finaligaça bölgan voqealar Jahon çempionatini sayyoraning eng nufuzli sport musobaqasiga aylantirdi. 1000-öyin munosabati bilan mundial tarixida iz qoldirgan eng muhim va ramziy voqealarga nazar taşlaymiz.

Ilk qadam: Jahon futboliga asos solgan turnir 

1930 yil 13 iyul kuni Montevideoda Jahon çempionatining ilk öyinlari ötkazildi. Frantsiya va AQŞ terma jamoalari birinçi ğalabalarni qölga kiritgan bölsa, frantsuz hujumçisi Lyusen Loran tarixdagi birinçi gol muallifiga aylandi.

Oradan ikki hafta ötib Urugvay Argentinani 4:2 hisobida mağlub etdi va ilk jahon çempioni böldi. Bu nafaqat futbol, balki xalqaro sport musobaqalari taraqqiyotida yangi davrni boşlab bergan voqea böldi.
1950 yilgi mundialda Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida Braziliya va Urugvay örtasida hal qiluvçi bahs ötkazildi. Braziliyaliklar öz mamlakatida çempionlikni nişonlaş uçun ideal stsenariy tayyor edi göyo. 200 mingga yaqin muxlis töplangan “Marakana” stadionida hamma mezbonlarning ğalabasini kutayotgandi, ammo Urugvay 2:1 hisobida ğalaba qozonib, butun mamlakatni şok holatiga tuşirdi. Bu voqea tarixga “Marakanaso” nomi bilan kirdi.

1954 yilgi Şveytsariyadagi mundial futbol tarixida yangi bosqiçni boşlab berdi. U ilk bor televideniye orqali namoyiş etildi.
1958 yilgi mundial esa nafaqat Braziliyaning birinçi çempionligi, balki Pele fenomenining paydo bölişi bilan ham ahamiyatlidir. Atigi 17 yoşida jahon çempioni bölgan Pele keyinçalik uç karra uşbu turnir ğolibiga aylangan yagona futbolçi bölib qoldi. Uning muvaffaqiyati futbolda istedod yoş tanlamasligining eng yorqin namunasi sifatida tarixda qoldi.
1966 yilgi finalda Angliya Ğarbiy Germaniyani qöşimça vaqtlarda 4:2 hisobida mağlub etdi. Jeff Herst urgan uçinçi gol esa haligaça bahslarga sabab bölib kelmoqda. Töp darvoza çiziğini töliq kesib ötgan-ötmagani haqida bahs munozaralar haligaça futbol jamoatçiligida muhokamalarga sabab böladi.

1970 yilgi mundialda Braziliya Italiyani finalda 4:1 hisobida yengib, uçinçi çempionligini qölga kiritdi. Pele esa uç karra jahon çempioni bölgan yagona futbolçi bölib qolmoqda. Şuningdek, Meksikadagi turnir ilk bor rangli translyatsiya qilindi.
1974 yilgi Jahon çempionatida hozirgi FIFA Jahon kubogi ilk bor taqdim etildi. Bu sovrin hozirgaça turnirning asosiy trofeyi bölib qolmoqda. 

1982 yilda Ispaniyada ötkazilgan mundialda iştirokçilar soni 16 tadan 24 tagaça oşirildi. Şu turnirda birinçi marta penaltilar seriyasi orqali ğolib aniqlandi.

1986 yilgi mundialda Diyego Maradona Angliyaga qarşi bahsda maşhur “Xudoning qöli” deya nomlanuvçi afsonaviy golini urdi. Argentina öşa bahsda işonçli ğalabaga erişib, keyinçalik jahon çempioni böldi.

1994 yilgi mundialda rossiyalik hujumçi Oleg Salenko Kamerunga qarşi bahsda beşta gol urdi. U hozirgaça jahon çempionati tarixida bir öyinda penta-trik qayd etgan yagona futbolçi bölib turibdi.
Şu turnir Kolumbiya himoyaçisi Andres Eskobarning fojiali taqdiri bilan ham yodda qolgan. AQŞga qarşi öyinda avtogol urgan futbolçi turnirdan qaytgaç, Medelin şahrida otib ketilgan.

1994 yilgi finalda Braziliya va Italiya örtasidagi bahs tarixda birinçi marta penaltilar seriyasida hal qilindi. Roberto Bajoning hal qiluvçi zarbasi noaniq çiqqanidan keyin Braziliya törtinçi çempionligini nişonladi.

1998 yilgi mundialda iştirokçilar soni 32 taga yetkazildi. Yangi format keyingi yetti jahon çempionati davomida amal qildi. Finalda Frantsiya Braziliyani 3:0 hisobida mağlub etib, öz tarixidagi ilk çempionlikni qölga kiritdi. Zinedin Zidan esa ikki gol bilan ğalabaning boş qahramoniga aylandi.

2002 yilgi mundial Koreya Respublikasi va Yaponiyada ötkazildi. Bu Osiyodagi birinçi hamda ikki mamlakat hamkorligida taşkil etilgan ilk jahon çempionati böldi.

2006 yilgi finalda Frantsiya sardori Zinedin Zidan va italiyalik Marko Materatstsi örtasidagi mojaro futbol tarixidagi eng maşhur epizodlardan biriga aylandi. Zidan raqibining kökragiga boş bilan zarba bergani uçun maydondan çetlatildi. Italiya esa penaltilar seriyasida ğalaba qozonib, törtinçi çempionligini qölga kiritdi.

2018 yilgi Rossiya mundialida VAR tizimi ilk bor qöllanildi. Turnirning eng yorqin voqealaridan biri Rossiya va Ispaniya örtasidagi 1/8 final bahsi böldi. Penaltilar seriyasida Igor Akinfeyev Yago Aspasning hal qiluvçi zarbasini qaytarib, jamoasini çorak finalga olib çiqdi va turnirning eng kutilmagan voqealaridan biri sifatida tarixda qoldi.
2022 yil Qatarda ötgan Jahon çempionati finali esa tarixdagi eng dramatik uçraşuvlardan biri sifatida baholanadi. Frantsiya hujumçisi Kilian Mbappe finalda xet-trik qayd etdi va Jeff Herstdan keyin bu natijaga erişgan ikkinçi futbolçiga aylandi.

Uçraşuvning hal qiluvçi lahzalaridan biri 123-daqiqada röy berdi. Argentina darvozaboni Emiliano Martines Randal Kolo Muanining xavfli zarbasini qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Keyinçalik Argentina penaltilar seriyasida ustun kelib, uçinçi çempionligini qölga kiritdi. Lionel Messi esa faoliyatida birinçi marta jahon çempioni böldi.

Yangi davr: 48 jamoali mundial 

2026 yilgi Jahon çempionati tarixdagi eng yirik turnir sifatida ötkazilmoqda. Unga ilk bor uç davlat mezbonlik qilyapti va iştirokçilar soni 48 taga yetkazildi. Natijada Özbekiston milliy terma jamoasi ham öz tarixida ilk bor mundialning final bosqiçiga yöllanma oldi.
Futbol tarixidagi bu özgarişlar futbolning globallaşuvini yanada kuçaytirdi. Endi dunyoning köproq mamlakatlari mundialda qatnaşiş imkoniyatiga ega bölmoqda. Şu bilan birga, raqobat geografiyasi ham kengayib bormoqda.

Tunis va Yaponiya örtasidagi 1000-öyin Jahon çempionatlari tarixidagi navbatdagi raqam emas. U 96 yillik buyuk sayohatning ramzidir. Bu davr mobaynida mundial insoniyatga Pele, Maradona, Zidan va Messi kabi afsonalarni taqdim etdi, millionlab muxlislarga unutilmas xotiralarni baxşida qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: