Özbek futboli tarixidagi eng oğir va qiziq 90 daqiqa
Özbekistonliklar Ronalduga qarşi maydonga çiqadi. Zör-a? Bir neça yil oldin şunday böladi desa, juda köpçilik işonmasligi aniq edi. Bugun soat 22:00 da özbek futboli tarixidagi eng oğir va eng qiziqarli 90 daqiqa boşlanadi. Portugaliya matbuoti öz terma jamosini qattiq tanqid qilyapti, dunyo mediasi esa Kannavaro taktikasi oldida Ronaldu qiynalib qolişi mumkinligini aytyapti. Özbekiston guruhdan çiqa oladimi? Barçasini daqiqalar davomida tahlil qilamiz.
1-tur Portugaliya va dunyo futbol muxlislari uçun kutilmagan natija bilan yakunlanganini bilasiz. Turnir favoritlaridan biri Portugaliya Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang öynadi.
Kolumbiya va Özbekiston örtasidagi öyin 3:1 hisobida tugaganini şunçaki fakt sifatida eslataman. Agar Kolumbiya Kongoni ham mağlub etsa, oçkolarini 6 taga yetkazib, pley-off masalasini deyarli hal qiladi. Bu esa Özbekistonning sönggi turda Kongo DRga qarşi öyinining ahamiyatini yanada oşiradi.
Endi bugungi öyinga qaytamiz. Bu öyin ikki terma jamoa uçun ham haqiqiy jangdir. Nega? Ronaldu boşçiligidagi portugallarni ğalabadan boşqa natija qoniqtirmaydi. Ular bor kuçini Özbekistonga qarşi taşlaşi aniq. Çunki, terma jamoa şusiz ham bosim ostida. Kongo DR bilan durangdan keyin Portugaliya terma jamoasi atrofida katta ijtimoiy va içki mojaro kelib çiqqani haqida şov-şuvlar köpaydi. Içki muhit buzilgani haqida katta naşrlar ham yozdi.
Mundial oldidan eng kuçli markazga ega jamoa sifatida körsatilgan Luiş Figu izdoşlari birinçi turdan keyin juda qörqinçli körinmayapti. Töğri, yakka holda ismlar sanalsa, har qanday jamoani titratişi mumkin bölganlar yiğilgan. Çempionlar ligasini ketma-ket ikkinçi marta yutgan, Yevropaning ramziy terma jamoasiga qöşilgan Vitinya va Neveş, bunga bonus sifatida APLda mavsumning eng yaxşi öyinçisi bölgan Brunu Fernandeş… Şunçaki dahşat! Ammo Kongoga qarşi öyinda hamma “özi bilgan kuyini çaldi”. Vitinya himoya çiziğiga tuşib olib, PSJdagi öyinni qurişga intilgan bölsa, Brunu bir teginişda öynaşga harakat qilib, notöğri paslarni köp berib yubordi.. Neveşni-ku aytmasa ham böladi. Kriştianu Ronalduni ham özlari kabi oddiy öyinçi ekanini aytib, intervyu berganidan keyin tanqidlar ostida qoldi. Köplab muxlis va mutaxassislar mana şu uççala şaxsni öyin davomida Ronalduga pas berişni xohlamaganlikda, uni hammaga ortiqçadek körsatişga uringanlikda ayblayapti. Bu yerda haqiqiy futbol tahlilidan köra, Ronalduga bölgan simpatiya asosiy rol öynayotgani ham bor gap. U avvalgidek tezkor yoki har bir töpga yuguruvçi emasligi rad qilib bölmas haqiqat. Bularni nima uçun aytyapman? Özbekiston bilan öyindan oldin Portugaliyadagi içki muhitning yaxşi emasligi Özbekistonga foyda berişi mumkin.
Bosimsiz Özbekiston
Fabio Kannavaro şogirdlari tarixiy debyut öyinida Kolumbiyaga yutqazgan bölsa-da, munosib öyin körsatişdi. Juda köpçilik bunday natijani, bunday tempdagi öyinni terma jamoadan kutmaganini aytib ötdi. Haqiqatan ham JÇdan oldingi ikkita örtoqlik öyinidan söng hammada xavotir kuçaygan edi. Kanadadan uçralgan 2:0 hisobidagi mağlubiyat va Niderlandiyaga qarşi bahsdagi 2:1 natijasi muxlislarda “muzqaymoq yegani borişar ekan-da” degan salbiy munosabatni oşirgan edi. Ammo JÇning birinçi öyindagi ilk gol, 2:1 dan keyin durang uçun qilingan bosim şu qadar umid berdiki, hatto 1 oçkoga ega çiqamiz degan işonç ham paydo bölgan edi. Biroq sönggi daqiqalar oyoqdan çaldi.
Ammo bugun hammasi Özbekiston foydasiga öynaşi mumkin. Eng avvalidan, Kannavaro aytganidek, aniq natija talabi yöq. Maqsad – tajriba. 38 millionlik tomoşabinlar qöllab-quvvatlovini ular ham sezib turibdi. Ronaldudek yulduzi bor va 1-turda yaxşi natijaga erişa olmagan, içki muhiti buzilganligi aytilayotgan jamoaga qarşi öyinda bosim kamroq bölişi aniq. Terma jamoa sardori Eldor Şomurodov ham öyin oldidan bölib ötgan matbuot anjumanida aynan şu mazmunda gapirdi.
“Bizda bosim yöq. Şu sababli öyinda Portugaliyaga nisbatan biz uçun osonroq keçişi mumkin, deb öylayman. Jamoamizda yaxşi muhit şakllangan. Birinçi uçraşuvdan keyin özimizga bölgan işonç ham ortdi. Biz Jahon çempionatidagi debyutimizni amalga oşirdik va endi yaxşi natija uçun maydonga çiqamiz. Biz Portugaliyaning birinçi turdagi öyinining natijasiga alohida etibor qaratmadik.
Hozir bu haqda öylaş vaqti emas. Balki uçinçi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, ammo hozir barça etiborimiz bugungi bahsga qaratilgan. Kolumbiyaga qarşi birinçi bölimda murabbiy körsatmalarini töliq bajara olmaganimiz ayrim xatolarga sabab böldi. Endilikda bunday kamçiliklarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Öz öyinimizni namoyiş etib, töpni köproq nazorat qiliş va golli vaziyatlar yaratişga intilamiz”, dedi Eldor Şomurodov.
Juda xotirjam böliş ham kerak emas. Muxlis sifatida terma jamoadan pozitiv darajada maksimal natijani kutayotganlar ham bor. Ammo bir narsani unutmaslik kerak: şerning öligi ham şer! Bugungi raqib hazilakam emas. Ular bilan durang ham ideal natija deyiş mumkin. Portugaliya bilan öyindagi har qanday oçko Özbekiston uçun sensatsiya va ulkan muvaffaqiyat böladi. Agar Özbekiston mağlub bölsa ham, yirik hisobda (3:0, 4:0) yutqazmaslik öta muhim. Çunki guruhda 3-örinni olgan taqdirda ham, pley-off yöllanmasi töplar nisbatiga qarab aniqlanadi.
Özbekiston uçun ideal stsenariy qanaqa? Portugaliya bilan durang öynaş va 3-turda Kongoni yutiş. Buning uçun K guruhidagi ikkinçi öyinda Kolumbiya Kongoni yirikroq hisobda mağlub etişi kerak. Şunda ularda 6 oçko va muddatidan oldin pley-offga çiqiş imkoni böladi. Özbekiston Portugaliya bilan durang evaziga özining tarixiy 1 oçkosiga ega çiqadi va töplar nisbati evaziga 3-öringa çiqib oladi. Biroq şunda ham hammasi hal böldi degani emas. Sönggi turda özaro bahsda Kongoni yutişi şart böladi. Çunki, Afrika mamlakatida ham baribir imkoniyat saqlanib qoladi. Portugaliyada 2 oçko, Özbekistonda va özlarida 1 oçko borligini hisobga olgan holda faqat ğalaba uçun öynaydi. Va hatto haqiqatda ham ğalaba evaziga guruhda 2-örinni olişi mumkin. Portugaliya esa muddatidan oldin pley-offga çiqqan va 3-turning natijasi qiziq bölmagan, asosiy öyinçilariga dam berilgan motivatsiyasiz Kolumbiya bilan öynaydi.
Xullas, hammasi matematik hisob-kitobga aylanmasligi va öz öyiniga boğliq bölişi uçun Özbekiston bugun durang öynaş kerak yoki mağlubiyat bölsa ham minimal hisob qayd etilişini taminlaş şart. “Nega ğalaba haqida gapirmayapsan?” deb malomat qilişga şoşilmang. Bunday natija bölsa-ku, juda zör! Ammo hissiy va muxlislik fikridan köra, analitik hamda sovuq miyaga suyaniş kutilmalarni ança realroq qiladi.
Terma jamoa murabbiyi Fabio Kannavaro esa öz rejasi va strategiyasi borligini aytdi.
“Raqibimiz Jahon çempionatidagi eng kuçli jamoalardan biri. Ularning qanotlarda juda kuçli futbolçilari bor, yarim himoya çiziği dunyoning eng yaxşilaridan biri sanaladi. Portugaliya töp nazorati orqali öyinni boşqarişni yaxşi köradi. Ular uçraşuvni faol boşlab, imkoni boriça tezroq ustunlikka erişişga intiladi. Biz ham bunga tayyorgarlik kördik. Öz rejamiz va strategiyamiz bor. Maydonda aynan öz öyinimizni körsatişga harakat qilamiz. Kuçli raqibga qarşi öynayotganimizni bilamiz, ammo bundan qörqmaymiz”, dedi Fabio Kannavaro.
Dunyo mediasi Özbekiston haqida nima demoqda?
Jahon mediasi Özbekistonni “tavakkal qilişdan qörqmaydigan va jasoratli debyutant” sifatida tariflamoqda. Kolumbiyaga qarşi öyindagi hujumkor harakatlar va jarima maydonçasi içidagi dadillik etirof etildi. Çet el tahlilçilari Özbekistonning xavfli öyin uslubi oçiq futbolga olib kelişi va bu uçraşuvda ham “Oq börilar” gol urişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Portugaliya matbuoti esa öz jamoalarining öyinini qattiq tanqid ostiga olgan holda, Özbekistonni mensimaslik katta xato bölişini yozmoqda. Ayniqsa, Kannavaroning taktik bilimi va özbek futbolçilarining intizomli himoyasi Portugaliyaning “qariya yetakçisi” Kriştianu Ronalduga qarşi qiyinçilik tuğdirişi mumkinligi haqida ogohlantirişlar bor. Portugaliyalik jurnalistlar Brunu Fernandeşni Ronaldudan köra köproq zarba berişga va jamoani yetaklaşga çaqirişmoqda.
Bugun oqşom soat 22:00 da bizni murosasiz va tarixiy töqnaşuv kutmoqda. Özbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz.