Prezident Temur Kapadzening yangi şogirdlari bilan körişdi
Bugun, 23 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi doirasida “Navbahor” futbol akademiyasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, taşrif davomida davlat rahbari Namanganda faoliyat yuritayotgan va boşqaruvi uç yil muddatga Niderlandiyaning maşhur “Ayaks” futbol akademiyasiga topşirilgan “Navbahor” akademiyasida yaratilgan şaroitlarni közdan keçirgan.
Elon qilingan suratlarda Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Temur Kapadzeni ham köriş mumkin. Ayni paytda u Namanganning “Navbahor” klubini boşqarib kelmoqda.
Malumki, Jahon çempionati oldidan Temur Kapadze milliy terma jamoa boş murabbiyi edi. Biroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mundialda işlaş uçun bu lavozimga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroni tayinlaşga qaror qildi.
Dastlab Kapadzening mundialda terma jamoa murabbiylar ştabi tarkibida işlaşi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq mutaxassisning özi mazkur taklifni qabul qilmagani malum böldi.
Hozirda içki çempionatda tanaffus yuzaga kelgani sababli Temur Kapadze nomi ommaviy axborot vositalarida kamroq tilga olinayotgan edi. Biroq uning Prezident taşrifi davomida akademiyada köriniş berişi va bu voqea Özbekiston hamda Portugaliya örtasidagi muhim uçraşuv arafasiga töğri kelgani futbol muxlislarining etiborini tortdi.
Köplab muxlislar hanuzgaça milliy terma jamoani Jahon çempionatida Temur Kapadze boşqarişi kerak edi, degan fikrni bildirib kelmoqda.
Taşrif yakunida mamlakatda futbolni yanada rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda Özbekiston milliy terma jamoasining xalqaro maydonlardagi raqobatbardoşligini oşiriş masalalari muhokama qilingan.