Temur Kapadze MTJ bilan xayrlaşuv xatini yozdi
10-11-2025, 23:05
108 марта

Temur Kapadze MTJ bilan xayrlaşuv xatini yozdi
Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi, ötgan oy boşidan buyon Fabio Kannavaroga yordamçilik qilayotgan Temur Kapadze milliy terma jamoadan ketgani haqida xabar berilgandi. U özining Instagram sahifasida jamoa bilan xayrlaşuv maktubini yozdi.
“Milliy jamoa bilan faoliyatim nihoyasiga yetdi. Bu yillar hissiyotlar, ğalabalar va unutilmas tajribalar bilan töla böldi. Futbolçilar, jamoa ştabi va federatsiyaga işonç va hamkorlik uçun minnatdorlik bildiraman. Ayniqsa, muxlislarga doimiy qöllab-quvvatlov, energiya va jamoaga bölgan işonçi uçun katta rahmat! Bu jamoaning bir qismi bölganimdan faxrlanaman. Jamoaga kelgusidagi öyinlarda omad va yangi yutuqlar tilayman!” deydi Kapadze.