Kapadze Indoneziya MTJni boşqarişi mumkin
17-10-2025, 10:03
125 марта

Kapadze Indoneziya MTJni boşqarişi mumkin
Özbekiston milliy terma jamoasining yordamçi murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya milliy terma jamoasini boşqariş uçun nomzodlar qatorida tilga olinmoqda. Bu haqda “Goalmedia” xabar berdi.Manbaga köra, Indoneziya MTJ murabbiyligi uçun 3 nafar nomzod bor. Xususan, Iroq terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Xesus Kasas, “Persiya Jakarta”ning sobiq boş murabbiyi Tomas Doll hamda Özbekiston terma jamoasi yordamçi murabbiyi Timur Kapadze.
Qayd etiş joiz, bungaça Indoneziya futbol federatsiyasi va terma jamoa boş murabbiyi Patrik Klyuyvert özaro kelişuv asosida şartnomani bekor qilgandi. 49 yoşli Klyuyvert 2025 yil yanvaridan beri Indoneziya terma jamoasini boşqarib kelayotgan edi. U bilan tuzilgan bitim 2027 yilgaça möljallangan bölib, uni uzaytiriş imkoniyati ham mavjud bölgan. Klyuyvert boşçiligida jamoa 8 ta öyin ötkazgan. Ulardan 4 tasida mağlub bölgan, 3 tasida ğalaba qozongan va 1 tasini durang bilan yakunlagan.