Bu safar JÇda matematika: Özbekiston keyingi bosqiçga çiqişi mumkin
Portugaliyaga qarşi 5:0 hisobidagi mağlubiyatdan keyin Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi istiqboli ança murakkablaşdi. Biroq hisob tablosidagi natija öyin manzarasini töliq aks ettirmaydi. Maydonda nima sodir böldi, jamoa qayerda yutqazdi va nega pley-off uçun imkoniyatlar hali ham saqlanib turibdi? Quyida uşbu savollarga raqamlar va öyin tafsilotlari asosida javob izlaymiz.
Öyin taqdirini özgartirgan gollar
Portugaliya 6-daqiqadayoq hisobni oçdi. Kriştianu Ronalduning goli Özbekistonning öyin rejasini butunlay özgartirib yubordi. Temur Kapadze davrida ham, Kannavaro boşçiligida ham jamoa asosan tartibli himoya va qarşi hujumlarga tayangan holda harakat qilib kelgan. Erta ötkazib yuborilgan gol esa bu rejani buzdi. 17-daqiqada Nuno Mendeş hisobni 2:0 körinişiga keltirgaç, özbekistonlik futbolçilar raqibni yuqoriroq kutib olişga majbur böldi. Bu esa Portugaliyaning tezkor qanot hujumçilari uçun böş hududlar paydo qildi.
Birinçi bölimning eng muhim vaziyatlaridan biri 28-daqiqada yuz berdi. Azizjon Ğaniyev gol urdi, ammo VAR aralaşuvidan keyin hujumdagi qoidabuzarlik sababli gol inobatga olinmadi. Agar şu gol hisobga olinganida, hisob 2:1 körinişiga kelar va uçraşuv butunlay boşqaça stsenariy böyiça rivojlanişi mumkin edi. Biroq oradan köp ötmay, 39-daqiqada Ronaldu ikkinçi golini urdi va jamoalar tanaffusga 3:0 hisobi bilan yöl oldi. Bu esa terma jamoa ruxiyatiga salbiy tasir qilişi aniq edi. 2:1 hisobidagi bölim yakuni esa jamoaga boşqaça kayfiyat bergan bölardi. Statistikadan ham körinişiça, Özbekistonning asosiy muammosi himoya çiziğida namoyon bölgan. Öyinda Portugaliya har bir xavfli hujumni deyarli golli vaziyatga aylantira olgan.
Portugaliya yetakçisi Ronalduning ikki golida ham markaziy himoyaçilar bilan yarim himoyaçilar örtasidagi masofa kattalaşib ketgan. Rafayel Leaoning golida esa qanot himoyasida böş hudud qoldirildi. 60-daqiqada Abduqodir Husanovning avtogoli esa jamoaning ruhiy tuşkunligini yanada kuçaytirdi. Öyin şu yerda ruhan yakunlangan edi.
Statistik körsatkiçlar
Eng avvalo, töp nazoratidagi farq katta böldi – 66 foizga qarşi 34 foiz. Bu Özbekiston uçraşuv davomida köproq himoyalanişga majbur bölganini anglatadi. Portugaliya 624 ta pas amalga oşirgan bölsa, Özbekiston futbolçilari 327 ta pas bilan çeklandi. Yani, raqib töp bilan qariyb ikki baravar köproq muomala qildi.
Öyin taqdirini hal qilgan asosiy omillardan biri xavfli vaziyatlar böldi. Portugaliya 7 ta yirik golli imkoniyat yaratgan, Özbekiston esa birorta ham aniq golli vaziyat taşkil eta olmagan. Kutilgan gollar (xG) statistikasi ham katta tafovutni körsatmoqda – 2,61 ga qarşi 0,24. Oddiy qilib aytganda, Özbekiston yaratgan vaziyatlardan örtaça çorakta gol çiqişi mumkin edi, Portugaliya esa kamida ikki-uçta gol urişi kutilgan jamoa bölgan. Zarbalar sonida ham ustunlik raqib tomonida böldi – 17 taga qarşi 7 ta. Bu esa Özbekiston raqib jarima maydonçasiga muntazam bosim ötkaza olmaganini tasdiqlaydi.
Taktik muammolar
Taktik nuqtai nazardan qaralganda, asosiy muammo markaziy zonada kuzatildi. Tayanç yarim himoyaçilar himoya çiziğini yetarli darajada himoya qila olmadi. Natijada Portugaliya hujumçilari himoya va yarim himoya örtasidagi böş hududlarda erkin harakatlaniş imkoniyatiga ega böldi.
Qanotlarda ham muammolar körindi. Nuno Mendeş va portugaliyalik vingerlar muntazam ravişda hujumga qöşilib turdi. Özbekiston himoyaçilari esa bir vaqtning özida ham qanotni yopiş, ham markazni suğurtalaş vazifasini bajarişga majbur böldi. Bu esa pozitsion xatolar sonini oşirdi. Darvozabonning 4 ta seyvi ham himoya qanday bosim ostida qolganini körsatadi. Agar ayrim vaziyatlarda seyvlar amalga oşirilmaganida, hisob yanada yirikroq bölişi mumkin edi.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston bu bahsda alohida bir xatosi uçun emas, balki töp nazorati, markaz uçun kuraş, golli vaziyatlar yaratiş va himoyadan hujumga çiqişda raqibdan sezilarli darajada ortda qolgani uçun mağlub böldi.
Kannavaroning munosabati
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarşi uçraşuvdan keyin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
“Albatta, Jahon çempionatidagi ilk iştirok oson bölmasligi aniq edi. Qura natijalari çiqqanidan keyin Kolumbiya va Portugaliya kabi raqiblarni körib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini bilgan edik. Kolumbiyaga qarşi öyindan keyin ham jamoam bilan faxrlanişimni aytganman. Bugun ham şunday fikrdaman. Çunki maydondagi futbolçilarimni kördim. Ha, ular qiyinçiliklarga duç kelişdi, ammo bir soniya ham taslim bölişmadi”, deydi Kannavaro.
Şuningdek, Kannavaro barça çiziqlarda yuqori saviyadagi futbolçilarga ega jamoaga qarşi öynaş har doim qiyin bölişini alohida takidladi.
“Portugaliya terma jamoasi yuqori darajadagi ijroçilarga ega va bugun ular katta motivatsiya bilan maydonga tuşişdi. Biroq men avval ham aytganimdek, bu Jahon çempionati biz uçun muhim tajriba vazifasini ötaydi. Biz uşbu turnir orqali ösişimiz, xulosa çiqarişimiz va kelajak uçun yanada kuçliroq jamoa bölib qaytişimiz kerak”, deydi Özbekiston milliy terma jamoasi ustozi.
Pley-off uçun imkoniyatlar qanday?
Mağlubiyatdan keyin Özbekistonning töplar farqi 1:8 körinişiga keldi. Bu eng katta muammo hisoblanadi. Biroq keyingi bosqiçga çiqiş uçun imkoniyatlar hali ham saqlanib qolgan. Eng muhim şart – Kolumbiyaning Kongo DRga yutqazmasligi edi. Bu natija amalga oşgaç, Özbekiston mundialdagi umidlarini saqlab qoldi.
Endi sönggi turda Kongo DRni mağlub etiş şart. Durang yoki mağlubiyat milliy terma jamoani turnirdan çiqarib yuboradi. Yangi formatga köra, uçinçi örinni egallagan eng yaxşi 8 jamoa ham pley-offga çiqadi. Qator guruhlarda uçinçi örin uçun 3-4 oçko yetarli bölişi mumkin. Şu bois Özbekiston hatto 3 oçko bilan ham keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatini saqlab turibdi.
Eng muhim jihat şundaki, Özbekiston sönggi tur öyinlarini boşqa köplab guruhlardan keyin ötkazadi. Bu vaqtga kelib raqiblar natijalari malum böladi va jamoa qanday hisobdagi ğalaba kerakligini aniq biladi. Portugaliyaga qarşi 0:5 hisobidagi mağlubiyat oğir zarba böldi. Biroq bu Özbekistonning mundialdagi tarixi tugaganini anglatmaydi. Jamoa hali ham taqdirini öz qölida saqlab turibdi.
Kongo DRga qarşi uçraşuv Özbekiston futbol tarixidagi eng muhim öyinlardan biriga aylanişi mumkin. Agar milliy terma jamoa xarakter körsatib ğalaba qozona olsa, pley-off eşiklari jamoa uçun oçiq qoladi.