USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya AQŞni mağlub etdi, ammo guruhda sönggi örinni egalladi

126 марта
Туркия АҚШни мағлуб этди, аммо гуруҳда сўнгги ўринни эгаллади

Bugun, 26 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati “D” guruhining sönggi turida Turkiya terma jamoasi AQŞni 3:2 hisobida mağlub etdi. Biroq uşbu ğalabaga qaramay, turklar 3 oçko bilan guruhda sönggi örinni egallab, musobaqani tark etdi.

Uçraşuv AQŞning Inglvud şahridagi “Sou-Fay” stadionida bölib ötdi.
Turkiya safida Arda Gyuler (10-daqiqa), Bariş Yilmaz (31) va Kaan Ayhan (90+8) gol urdi. AQŞ terma jamoasining gollariga Oston Trasti (3) va Sebastyan Berxalter (49) mualliflik qildi.

Ğalabaga qaramay, Turkiya 3 oçko bilan guruhda sönggi örinni egalladi va musobaqani tark etdi.

Guruh bahslari yakunlariga köra, AQŞ 6 oçko bilan birinçi örinni saqlab qoldi. Avstraliya 4 oçko bilan ikkinçi, Paragvay ham 4 oçko bilan uçinçi, Turkiya esa 3 oçko bilan törtinçi böldi.

Endilikda AQŞ 1/16 finalda joriy yilning 2 iyul kuni Santa-Klara şahrida Bosniya va Gertsegovinaga qarşi maydonga tuşadi.

Avstraliya esa pley-offda “G” guruhida ikkinçi örinni egallaydigan jamoaga qarşi bahs olib boradi. Mazkur guruhda Misr, Eron, Belgiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari kuraş olib bormoqda.

Paragvay esa 4 oçko bilan uçinçi örinni egallagan bölsa-da, pley-offga çiqiş masalasi boşqa guruhlar natijalariga boğliq bölib qolmoqda.

Avstraliya terma jamoasi öz tarixida uçinçi marta Jahon çempionati pley-off bosqiçiga yöl oldi. Avvalroq, u 2006 va 2022 yilgi mundiallarda ham mazkur bosqiçda iştirok etgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: