Venesuelalik yoş futbolçi zilziladan keyin bedarak yöqoldi
Venesuela yoşlar terma jamoasi hamda “Markaziy universitet” klubi futbolçisi Imvert Berroteran mamlakat şimolida yuz bergan kuçli zilziladan keyin bedarak yöqoldi. Bu haqda jurnalist Elias Lopes malum qildi.
Malumotlarga köra, 18 yoşli futbolçi Los-Korales aholi punkti hududida bedarak yöqolgan.
Joriy yilning 24 iyunidan 25 iyuniga ötar keçasi Venesuela şimolida 7,5 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi. Mamlakat Vitse-prezidenti Delsi Rodrigesning malum qilişiça, tabiiy ofat oqibatida kamida 32 kişi halok bölgan, 700 nafardan ortiq odam turli darajada jarohat olgan.
Eng köp zarar Yarakuy, Karabobo, Aragua, Miranda va Truxilo ştatlari, şuningdek, Karakas hamda La-Guayra metropoliten hududlariga yetgan.