Venesuela vayron böldi. Qöşaloq zilzila sabab qurbonlar köpayyapti
Keça keçqurun Venesuelada ikkita kuçli zilzila yuz berdi. Oqibatda mamlakat poytaxti Karakas şahrida turar joy binolari va boşqa inşootlar qulab tuşgan. Malumotlarga köra, tabiiy ofat oqibatida, kamida 32 kişi halok böldi va 700 ga yaqin odam jarohat olgan.
7,5 magnitudali ikkinçi zilzila Janubiy Amerika mamlakatida yuz yil içida sodir bölgan eng kuçli zilzila deb baholanmoqda.
Tarmoqlarda Venesuela aholisi sarosimadan köçalarda yugurgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti Delsi Rodriges favqulodda holat elon qildi va aeroport, temir yöl va transport xizmatlari töxtatilganini aytdi.
Qutqaruvçilar vayronalar ostida qolib ketgan odamlarni topişga harakat qilmoqda.
Karakasni vayronaga aylantirgan zilzila
Joriy yilning 24 iyun kuni mahaliy vaqt bilan soat 18:04 da Venesuela poytaxti Karakasni larzaga keltirgan ikkita kuçli zilzila sodir böldi. Birinçisi 7,2 magnitudali zilzila bölib, uning epitsentri Karib dengizi sohilida joylaşgan Moron şahridan 28 kilometr ğarbda, Karakasdan esa taxminan 168 kilometr uzoqlikda kuzatilgan. Zilzila öçoği 22 kilometr çuqurlikda joylaşgan. 39 soniyadan söng yana 7,5 magnitudali kuçli zilzila sodir bolgan. Ikkinçi zilzilaning epitsentri Morondan 16 kilometr uzoqlikda, öçoği esa 10 kilometr çuqurlikda qayd etilgan.
Venesuela Içki işlar vazirligining malumotiga köra, zilzilalar oqibatida Karakasda bir qator binolar vayron bölgan.
Mamlakatning vaqtinça prezidenti Delsi Rodriges mamlakat böylab favqulodda holat elon qilgan. AQŞ Geologiya xizmati esa tabiiy ofat oqibatida qurbonlar soni 10 mingdan 100 ming nafargaça yetişi mumkinligi haqida prognoz bergan. Rodrigesning sözlariga köra, kamida 32 kişi halok bölgan va 700 kişi jarohatlangan. Qutqaruv işlari davom etar ekan, qurbonlar soni ortişi mumkin. Venesuela Içki işlar vaziri Diosdado Kabeloning aytişiça, yonğin-qutqaruv xizmati va politsiya vayronagarçilik oqibatlarini bartaraf etiş uçun barça imkoniyatlardan foydalanmoqda. U halok bölganlar va jabrlanganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan.
Malum qilinişiça, Karakasdagi köplab aholi binolarning mustahkamligiga işonç qolmagani sababli ularni tark etgan. Köçalarda qulab tuşgan devorlar ortidan uy jihozlari körinib qolgani odamlarni qattiq sarosimaga solgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Karakas aeroporti va Karib dengizi sohilidagi La-Guayra portida yuz bergan vayronagarçiliklar aks etgan videolar tarqaldi. Keyinroq, Delsi Rodriges zilzila sababli aeroport yopilganini tasdiqladi. Uning malum qilişiça, ikkita kuçli zilziladan söng, yana 20 ta yer silkinişi (afterşok) kuzatilgan. Venesuela parlamenti 25 iyunga belgilangan yalpi majlisini bekor qildi.
Zararning töliq miqyosi hali baholanmagan, biroq fotosuratlar va videolarda vayronaga aylangan köplab binolarni köriş mumkin.
Delsi Rodrigesning körsatmasiga köra, zilziladan söng Karakas metrosi öz faoliyatini vaqtinça töxtatdi, şaharda gaz taminoti ham uzildi. Internet tarmoqlarida ham uzilişlar qayd etilgan. Karakasning Pinto-Salinos tumanida zilziladan söng vayronalar ostida qolgan 3 kişi halok böldi. Şahar meri halok bölganlar haqida malumot berdi. Dastlabki malumotlarga köra, yana 3 kişi vayronalar ostida qolgan bölişi mumkin. Şaharning boşqa hududida esa qutqaruvçilar qulagan bino ostidan 2 kişini tirik olib çiqişga muvaffaq bölişdi.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda vayron bölgan binolar orasidan bir erkak ikki kuçukni qutqarib çiqayotgani ham aks etgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp özining “Truth” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Vaşington yordam berişga “tayyor” ekanini aytib, hukumat idoralariga “tezkorlik bilan harakat qiliş”ni buyurganini qöşimça qildi.
“Venesuelaning buyuk xalqini larzaga solgan ikkita kuçli zilzila juda katta kölamda sodir böldi va köplab insonlarning ölimiga sabab böldi. AQŞ yordam berişga tayyor, buni xohlaydi va bunga qodir! Men hukumatimizning barça idoralariga tezkor çoralar körişga tayyor turiş böyiça körsatma berdim,” – deb yozgan Tramp.
Venesuelaning Lotin Amerikasidagi qöşnilari ham yordam taklif qildi. Şuningdek, El-Salvador Prezidenti Nayib Bukele uning mamlakati 50 tonna asbob-uskuna va zarur anjomlar, şuningdek, “Karakasga jönab ketişga tayyor” bölgan 300 nafar qutqaruvçini tayyorlab qöyganini malum qildi. Ekvador Prezidenti Daniel Noboa Azin Venesuelaga zudlik bilan yordam yuboriş çoralarini körganini malum qildi. Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva ham uning mamlakati uşbu “boş qardoş davlat”ga qanday yordam körsatişi mumkinligini körib çiqişini malum qildi.
AQŞning tsunami haqida ogohlantiriş markazi dastlab Puerto-Riko, Virjiniya orollari hamda Venesuela qirğoqlari yaqinidagi Aruba, Kyurasao va Bonayre orollari uçun tsunami xavfi haqida ogohlantiriş bergan edi. Biroq, taxminan bir soatdan söng bu ogohlantiriş bekor qilindi. Malumot uçun, Venesuela Karib dengizi va Janubiy Amerika tektonik plitalarining tutaşgan qismida joylaşgan bölib, seysmik faol hudud hisoblanadi.
Karakasni vayronaga aylantirgan zilzilaning iqtisodiy oqibatlari ham jiddiy bölişi mumkin. AQŞ Geologiya xizmatining hisob-kitoblariga köra, iqtisodiy zarar mamlakat yalpi içki mahsulotining 2 foizidan 20 foizigaça yetişi mumkin.
Bu esa allaqaçon iqtisodiy qiyinçiliklar va qaşşoqlik bosimi ostida yaşayotgan Venesuela uçun yanada oğir sinov bölişi takidlanmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi malumotlariga köra, may oyi holatiga köra, mamlakatning 28 million aholisidan qariyb 8 millioni gumanitar yordamga muhtoj bölgan.
Yaponiyada ham kuçli zilzila sodir böldi
Venesueladagi zilzilalardan söng, Yaponiya şimolida ham 7,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Tsunami xavfi elon qilinmagan. Dastlab zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan edi, biroq keyinçalik bu malumot qayta körib çiqilib, 7,2 ballga teng deb topildi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da Ivate prefekturasining Tinç okeani qirğoqlari yaqinida, 44 kilometr çuqurlikda sodir bölgan. Yer silkinişlari eng kuçli darajada Aomori prefekturasining Xasikami şahrida sezilgan. Şuningdek, zilzila Tokio şahrida ham sezilgan. Xasikami va Xatinoxe şaharlari yonğin-qutqaruv xizmatlarining malum qilişiça, ösmirlar va 50 yoşlar atrofidagi tört nafar fuqaro yengil tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.