Asosiy maqsadimiz ilk ğalabani nişonlaş – Şomurodov
Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov Jahon çempionati guruh bosqiçi sönggi turidan örin olgan Kongoga qarşi bahs oldidan jamoaning asosiy maqsadi turnirdagi ilk ğalaba qölga kiritiş ekanini takidladi. Bu haqda Şomurodov öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.
Tajribali hujumçining sözlariga köra, futbolçilarning eng katta istagi — özbekistonlik muxlislarni xursand qiliş.
“Asosiy maqsadimiz — bizni qöllab turgan xalqimizni xursand qiliş. Ilk golimizni urdik, endigi vazifamiz Jahon çempionatidagi birinçi ğalabaga erişiş”, deydi Şomurodov.
Şuningdek terma jamoa sardori jamoa faqat hujum haqida emas, himoya haqida ham öylaşi kerakligini takidladi.
“Himoyani ham unutmasligimiz kerak. Gol urişga intilib, orqa çiziqni etiborsiz qoldiriş mumkin emas. Birinçi navbatda ğalaba qozoniş muhim. Buning uçun tartibli va intizomli öyin namoyiş etişimiz kerak”, deydi u.
Eldor Şomurodov muxlislarning qöllab-quvvatlaşi futbolçilar uçun katta kuç bölayotganini ham alohida takidladi.
“Muxlislarimiz bizga katta kuç bağişladi. Nafaqat stadiondagi, balki Özbekistondagi işqibozlarimizning ham qöllab-quvvatlaşini his qildik. Ularga çeksiz minnatdorçilik bildiramiz va keyingi öyinda ularni xursand qiliş uçun bor kuçimiz bilan harakat qilamiz”, deydi Şomurodov.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari örtasidagi uçraşuv ertaga, 28 iyun kuni Toşkent vaqti bilan 4:30 da boşlanadi. Jahon çempionatidagi yurişini davom ettirişi uçun Özbekiston terma jamoasi raqibni 5 ta töp farqi bilan mağlubiyatga uçratişi kerak böladi. Pley-offga çiqiş uçun Kongo DR terma jamoasiga har qanday hisobdagi ğalaba qanoatlantiradi.