USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Manilada Xorazm şarafi yuksalmoqda: yoş samboçilarimiz Osiyo–Okeaniya çempionatida medallar jamğarmoqda

176 марта
Manilada Xorazm şarafi yuksalmoqda: yoş samboçilarimiz Osiyo–Okeaniya çempionatida medallar jamğarmoqda

Filippinning Manila şahrida sambo va jangovar sambo böyiça ösmirlar, yoşlar hamda kattalar örtasidagi Osiyo–Okeaniya çempionati qizğin bahslar bilan davom etmoqda. Quvonarlisi, nufuzli musobaqada Özbekiston terma jamoasi tarkibida iştirok etayotgan xorazmlik sportçilar ilk kunlardanoq munosib natijalarni qayd etib, yurtimiz bayroğini baland kötarişmoqda.

Çempionatning dastlabki ikki kunida ösmirlar va yoşlar örtasidagi bellaşuvlar ötkazildi. Xorazm viloyati Sambo assotsiatsiyasi raisi Rahim Maşaripov hamda viloyat boş murabbiyi Zafar Allabergenov boşçiligidagi sportçilar kuçli raqiblar bilan keçgan bahslarda mahorat va matonat namoyiş etdilar.

Yoşlar örtasida jangovar sambo böyiça iştirok etgan Asadbek Yöldoşboyev (-98 kg) finalgaça yetib borib, kumuş medal sohibiga aylandi. Şuningdek, yana bir xorazmlik sportçi Asadbek Ruzmetov (-58 kg) ham yuqori natija körsatib, musobaqaning kumuş medalini qölga kiritdi.


Ösmirlar örtasidagi bahslarda esa Behruz Rahimov (-64 kg) faxrli uçinçi örinni egallab, bronza medal bilan taqdirlandi.

Manila tatamilarida qölga kiritilayotgan bu natijalar Xorazm sambo maktabining salohiyati va yoş sportçilarning xalqaro maydonda raqobatlaşa olişini yana bir bor namoyon etmoqda.
Xorazmlik sportçilarning muvaffaqiyatli iştiroki hali davom etmoqda. Çempionatning navbatdagi bahslarida ham yurtdoşlarimizdan yangi ğalabalar kutilmoqda.

Xorazm ahli nomidan sportçilarimiz va ularning murabbiylarini uşbu yutuqlar bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi bahslarda ulkan zafarlar tilaymiz.




Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: