Urugvayning çarter reys bekor qilindi
Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon çempionati bilan erta xayrlaşganidan söng jamoa uçun rejalaştirilgan çarter reysni bekor qildi. Bu haqda jurnalist Martin Çarkero malum qildi.
Qayd etilişiça, assotsiatsiya qaroriga köra, terma jamoaning yakuniy qaydnomasiga kiritilgan barça 26 nafar futbolçi vatanga alohida tarzda qaytişi kerak. Har bir öyinçi özining tijorat aviareysi orqali safarini mustaqil ravişda taşkil etadi.
Urugvay terma jamoasi Jahon çempionatining “H” guruhida uçta uçraşuvda atigi ikki oçko jamğardi. Jamoa Saudiya Arabistoni (1:1) va Kabo-Verde (2:2) bilan durang öynadi, Ispaniyaga esa 0:1 hisobida mağlub böldi. Natijada urugvayliklar guruhda uçinçi örinni egallab, pley-off bosqiçiga yöllanma ola olmadi.
Bu Urugvay terma jamoasining Jahon çempionatlaridagi 15-iştiroki böldi. Jamoa turnirda ikki marta 1930 va 1950 yillarda çempionlikni qölga kiritgan. Şuningdek, urugvayliklar 1954, 1970 va 2010 yillarda yarim finalgaça yetib borgan.