Assotsiatsiya Katanets davrida Klinsmannga şartnoma taklif qilgani malum böldi
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2024 yil noyabr oyida, milliy terma jamoaga Sreçko Katanets boş murabbiylik qilib turgan vaqtda, undan yaşirin ravişda Yurgen Klinsmannga şartnoma taklif qilgani malum böldi. Bu haqda milliy terma jamoaning sobiq rahbarlaridan biri Şerzod Egamberdiyev malum qildi.
Egamberdiyev malum qilişiça, 2024 yil noyabr oyidagi öyinlardan keyin Katanets Toşkentga kelib, jamoaning 2025 yil mart oyidagi uçraşuvlarga tayyorgarlik rejasini tasdiqladi va terma jamoa bilan qolişini, heç qayerga ketiş niyati yöqligini aytgan.
Biroq, öşa yilning dekabr oyida unga Yurgen Klinsmann qönğiroq qilib, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi unga Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi lavozimini taklif qilganini aytgan. Vaholanki, öşa vaqtda bu lavozimda hali ham Katanetsning özi işlardi. Katanets bu gapga işonmaganidan söng, Klinsmann unga assotsiatsiya tomonidan yuborilgan tayyor şartnoma nusxasini yuborgan.
Malumot uçun, 2025 yil yanvar oyida Sreçko Katanets soğliğidagi muammolar sabab ÖFA bilan tuzilgan şartnomani özaro kelişuv asosida tugatgandi. Keyinçalik uning örniga Temur Kapadze terma jamoa boş murabbiyi etib tayinlangan.