Janubiy Koreya boş murabbiyi istefoga çiqdi
Janubiy Koreya milliy terma jamoasining boş murabbiyi Xon Myon Bo 2026 yilgi Jahon çempionatidagi omadsiz iştiroki va jamoaning pley-off bosqiçiga çiqa olmagani sababli öz lavozimini tark etdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
“Bugun men Janubiy Koreya erkaklar milliy terma jamoasi boş murabbiyi lavozimidan ketişga qaror qildim. Koreya futbolini sevadigan va milliy jamoani qöllab-quvvatlaydigan barça muxlislarimizdan uzr sörayman. Biz kutilgan natijalarga erişa olmadik va buning uçun töliq masuliyat boş murabbiy sifatida mening zimmamda”, dedi Xon Myon Bo.
57 yoşli mutaxassisning Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi bilan tuzgan şartnomasi 2027 yilgaça amal qilişi kerak edi.
Janubiy Koreya terma jamoasi Jahon çempionati guruh bosqiçida 3 oçko töplab, öz guruhida uçinçi örinni egalladi va pley-off yöllanmasidan quruq qoldi. Jamoa Çexiyani 2:1 hisobida mağlub etdi, Meksika hamda Janubiy Afrikaga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uçun, Janubiy Koreya tarixda Jahon çempionatida 12 marta iştirok etgan ilk Osiyo davlati hisoblanadi. 2026 yilgi musobaqa ularning ketma-ket 11-Jahon çempionati böldi.