USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Janubiy Koreya Prezidenti terma jamoani tekşirmoqçi

150 марта
Жанубий Корея Президенти терма жамоани текширмоқчи

Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon Madaniyat, sport va turizm vazirligiga milliy terma jamoaning Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsiz iştiroki sabablarini örganiş böyiça tekşiruv ötkazişni topşirdi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Jahon çempionati “A” guruhida 3 oçko bilan uçinçi örinni egallab, pley-off bosqiçiga yöllana ololmadi.

“Professional futbol klubining sobiq faxriy direktori va milliy terma jamoaning sodiq muxlisi sifatida bu kutilmagan natija meni nafaqat hayratga soldi, balki çuqur tuşkunlikka ham tuşirdi. Bu holat yana bir bor kadrlar siyosati hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini isbotladi. Agar malakali mutaxassislar örniga şaxsiy yaqinlik asosida tayinlovlar amalga oşirilsa, natija ham şunga yaraşa böladi. Davlat va şaxsiy manfaatlarni ajrata olmaydigan, şaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qöyadigan rahbarlar tizimda muammolarni keltirib çiqaradi. Bunday tayinlovlarni nazorat qiliş va ularning javobgarligini taminlaş qiyinlaşadi. Milliy terma jamoaning pley-offga çiqa olmagani ham, ehtimol, aynan boşqaruv va kadrlar siyosatidagi xatolar oqibatidir”, deydi Prezident.

Li Çje Myonning bildirişiça, hukumatning asosiy vazifalaridan biri jamoat taşkilotlarida rahbariyatni şakllantirişning demokratik tizimini yaratişdan iborat.

“Qişloq xöjaligi kooperativlari rahbarlari azolar tomonidan töğridan töğri saylanayotgani kabi, Koreya sport qömitasi va Koreya futbol assotsiatsiyasida ham oz sonli delegatlar orqali bilvosita saylov tizimidan butun sport jamoatçiligi iştirok etadigan töğridan töğri saylov tizimiga ötiş böyiça topşiriq berdim. Bilişimça, bu jarayon allaqaçon boşlangan.
Şu bilan birga, boşqaruvda şaffoflik, adolat va xolislikni taminlaydigan hamda qabul qilingan qarorlar uçun masuliyatni belgilaydigan samarali nazorat tizimini yaratiş ham muhim vazifadir”, deydi davlat rahbari.

Prezident sözi yakunida Jahon çempionatida iştirok etiş davlat byudjeti va soliq tölovçilar mablağlari hisobiga amalga oşirilişini eslatib, vazirlikka mazkur omadsizlik sabablarini har tomonlama tahlil qiliş, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uçun aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş va sport boşqaruvini isloh qiliş böyiça reja taqdim etişni buyurganini malum qildi.

“Bu qabul qilib bölmaydigan vaziyat tufayli mamlakat fuqarolaridan çin dildan uzr sörayman. Bunday holat boşqa heç qaçon takrorlanmasligi uçun sport boşqaruvi tizimini tezkor ravişda isloh qiliş işlarini boşlaymiz”, deydi Li Çje Myon.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya milliy terma jamoasining boş murabbiyi Xon Myon Bo 2026 yilgi Jahon çempionatidagi omadsiz iştiroki va jamoaning pley-off bosqiçiga çiqa olmagani sababli öz lavozimini tark etgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: