Kannavaroning tayinlanişi mutlaqo mantiqqa töğri kelmasdi – Keçinov
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroning Jahon çempionati arafasida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanişi mantiqan töğri qaror bölmagan. Bu haqda “Paxtakor”ning sobiq hujumçisi Valeriy Keçinov RIA Novostiga bergan intervyusida malum qildi.
“Jamoani Jahon çempionatiga olib çiqqan boş murabbiy işdan böşatilib, uning örniga bu muvaffaqiyatga heç qanday hissa qöşmagan, ammo ança maşhur va yulduz maqomiga ega murabbiy kelişi biroz ğalati tuyuladi. Bu rahbariyatning qarori edi, ular şu yöl jamoa uçun yaxşiroq böladi, deb hisoblaşgan. Ammo körganimizdek, möjizalar röy bermaydi. Bu qaror boşidanoq mantiqqa töğri kelmasdi.
Jamoaga mahorat, tajriba va his-tuyğularini nazorat qila oliş yetişmadi. Bunday muhit, katta etibor va ruhiy bosimga har kim ham doş bera olmaydi. Jamoa aynan şu jihatlarda tayyor emas edi. Qolaversa, ular juda kuçli guruhdan örin olgandi”, deydi Özbekiston milliy terma jamoasi safida uçta öyin ötkazgan Valeriy Keçinov.
Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi öz tarixida ilk bor qatnaşgan Jahon çempionatida guruh bosqiçida Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasiga (1:3) mağlub bölib, pley-off yöllanmasini qölga kirita olmadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasini Jahon çempionatiga olib çiqqan Temur Kapadze işlab turgan paytda 2025 yil oktyabr oyida uning örniga Fabio Kannavaro tayinlangan edi.