USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentda tantanali kutib olindi

176 марта
Ўзбекистон миллий терма жамоаси Тошкентда тантанали кутиб олинди

Bugun, 1 iyul kuni ilk bor futbol böyiça Jahon çempionatida qatnaşgan Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentga qaytib keldi. Poytaxt aeroportida futbolçilarni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.

Marosimda hukumat vakillari, jumladan, Boş vazir Abdulla Aripov ham iştirok etib, sözga çiqqan. Şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va boşqa rasmiylar futbolçilarni kutib oliş uçun aeroportga yiğilgan.

“Omadsiz futbolçilar, divan ekspertlari köp böladi. Ularni keçirib yuboringlar Şuni unutmangki, bugungi avlodning jasorati kelgusi avlodlar uçun mustahkam poydevor böladi. Yangi ğalabalar, yanada yuksak marralar sari olğa!” deydi Abdulla Aripov öz nutqida.

Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov turnirdagi qayd etilgan natijaga qaramay, qöllab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytdi.

“Birinçi navbatda, uçraşuvimizga, şunaqa natijaga qaramay, bizni qöllab-quvvatlagan barça şu yerga kelgan, qöllab-quvvatlagan, Amerikada turganimizda qöllab-quvvatlab turgan barça muxlislarga minnatdorçiligimizni bildiramiz”, deydi jamoa sardori.

Terma jamoa hujumçisining sözlariga köra, mundialda qatnaşiş mamlakat futboli uçun yutuq böldi.

“Barça futbolçilar jahon çempionatida borini berdi. Şuni ayta olaman. Yomon natijaga qaramay, bu narsadan Özbekiston futboli va Özbekiston yutdi deb öylayman, çunki şunça odamlarni birlaştira oldik şu futbol orqali. Bu, buning özi bizni faxrlanişga arziydi deb öylayman. Albatta, natija uçun barçadan uzr söraymiz”, deydi Eldor Şomurodov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: