Klopp Germaniyani boşqarişi mumkin
“Liverpul”ning sobiq boş murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi boş murabbiyligi uçun asosiy nomzodlardan biri bölib turibdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga köra, Kloppning hozirgi “Red Bull” bilan tuzgan şartnomasida Germaniya terma jamoasini boşqariş imkoniyati paydo bölsa, bir tomonlama şartnomani bekor qiliş huquqini beruvçi maxsus band mavjud.
Avvalroq, jurnalist Fabritsio Romano ham Klopp imkoniyat tuğilgan taqdirda öz vatani terma jamoasini boşqarişga qiziqiş bildirganini malum qilgan edi.
Şu bilan birga, amaldagi boş murabbiy Yulian Nagelsmannning kelajagi noaniq bölib qolmoqda. Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/16 finalida Paragvay bilan asosiy va qöşimça vaqtda 1:1 hisobida durang öynab, penaltilar seriyasida mağlub bölganidan keyin musobaqani tark etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya milliy terma jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsmann Jahon çempionatining 1/8 finalidagi mağlubiyatidan söng istefoga çiqiş niyati yöqligini malum qilgandi.