Özbekistonlik hakamlar JÇ 1/8 final bahsida işlaydi
Özbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/8 finalidan örin olgan Paragvay – Frantsiya uçraşuvini boşqaradi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tantaşevga mazkur bahsda qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Ğaynullin yordam beradi. Uçraşuv joriy ilning 4 iyul kuni AQŞning Filadelfiya şahrida bölib ötadi va Toşkent vaqti bilan 02:00 da start oladi.
Etiborlisi, mazkur bahs AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan tantanalarga töğri keladi. Şu bois uçraşuvni mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham stadiondan turib kuzatişi kutilmoqda.
Bu Özbekiston hakamlarining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi uçinçi tayinlovi bölib, Tantaşev va uning brigadasi guruh bosqiçi doirasidagi Marokaş – Şotlandiya va Avstriya – Jazoir bahsida ham faoliyat olib borgandi.