Postekoglu Ronalduning ustoziga aylandi
Avstraliyalik mutaxassis Anjelos Postekoglu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar örtasida ikki mavsumlik şartnoma imzolandi. Postekogluning sönggi iş joyi Angliyaning “Nottingem Forest” klubi bölib, u jamoani ötgan yilning oktyabr oyida tark etgan edi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezuş Saudiya Arabistoni çempionligini qölga kiritganidan söng “Al-Nasr” boş murabbiyligidan ketişini elon qilgandi.
60 yoşli Postekoglu murabbiylik faoliyati davomida Avstraliyaning “Saut Melburn”, “Brisben Roar” va “Melburn Viktori”, Yaponiyaning “Yokogama”, Şotlandiyaning “Seltik” klublari hamda Avstraliya milliy terma jamoasini boşqargan.
U “Saut Melburn” va “Brisben Roar” bilan ikki martadan Avstraliya çempioni bölgan. Şuningdek, “Yokogama” bilan Yaponiya çempionligini, “Seltik” bilan esa ikki marta Şotlandiya çempionligi, Şotlandiya kubogi va Liga kubogini qölga kiritgan. Postekoglu 2015 yilda Avstraliya milliy terma jamoasini Osiyo kubogi ğolibligiga ham olib çiqqan.
Avstraliyalik mutaxassis 2023–2025 yillar oraliğida Angliyaning “Tottenxem” klubini boşqardi. Uning rahbarligi ostida londonliklar 2024-2025 yilgi mavsumda UEFA Yevropa ligasida ğolib çiqib, 2008 yildan buyon ilk rasmiy sovrinini qölga kiritdi. Biroq jamoa Angliya Premer-ligasini 17-örinda yakunladi.