The Athletic JÇ-2026 ning 50 ta eng yaxşi futbolçisi nomini elon qildi
5-07-2026, 12:28
56 марта

The Athletic JÇ-2026 ning 50 ta eng yaxşi futbolçisi nomini elon qildi
Nufuzli The Athletic naşri 2026 yilgi jahon çempionatida iştirok etayotgan eng kuçli futbolçilar reytingini taqdim etdi. Röyxatdan 50 nafar futbolçi joy olgan.
Reyting peşqadami Argentina terma jamoasi azosi Lionel Messi böldi: forvard turnirning har bir öyinida gol urişga muvaffaq böldi va umumiy hisobda öz hisobiga yettita gol yozdirib qöydi.
The Athletic talqiniga köra JÇ 1/16 final yakunlari böyiça eng kuçli 10 futbolçi röyxati quyidagiça köriniş oldi:
1. Lionel Messi (Argentina).
2. Kilian Mbappe (Frantsiya).
3. Maykl Olise (Frantsiya).
4. Garri Keyn (Angliya).
5. Aşraf Xakimi (Marokaş).
6. Vinisius Junior (Braziliya).
7. Erling Xoland (Norvegiya).
8. Usman Dembele (Frantsiya).
9. Ismael Saybari (Marokaş).
10. Bruno Gimarayns (Braziliya).
Reytingning davomidan Mikel Oyarsabal (Ispaniya) — 11-örin, Jud Bellingem (Angliya) — 15-örin, Lamin Yamal (Ispaniya) — 16-örin joy olgan. Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya esa 49-poğonani band etdi.