“10 dan 1 ball”. Tantaşevning Frantsiya-Paragvay öyinidagi işi tanqidlarga uçradi
Nufuzli “L'Équipe” naşri özbekistonlik hakam Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasining Frantsiya va Paragvay örtasidagi Jahon çempionatining 1/8 final uçraşuvidagi işini eng past körsatgiç bilan baholadi.
Naşrning takidlaşiça, bu “L’Equipe” jurnalistlari tomonidan 2016 yildan buyon hakamga berilgan uçinçi eng past bahodir. Qolgan ikki holat milliy çempionatlar uçraşuvlarida qayd etilgan.
“L'Équipe” naşrining maxsus muxbirlari heç qanday noörin şovinizmga (millatçilik tuyğusiga) berilmagan holda, uning körsatgan hakamligiga 10 ballik tizimda 1 ball qöyişga qaror qilişdi. Bu hakamlik “köklar” (Frantsiya terma jamoasi) uçun qimmatga tuşişi mumkin edi, eng muhimi – u öyinning rivojlanişiga xizmat qilmadi va futbolçilarni himoya qila olmadi.
Bizning muxbirlar Yevro-2016 turniridan boşlab hakamlarni ham baholay boşlaganidan beri, gazetamiz sahifalarida bunday past baho uçinçi marta qayd etilişidir. Bundan avval – har safar Liondagi öyinlarda – 2024 yilning aprelida Stefani Frappar va oradan bir neça kun ötib Matyo Vernis şunday baho olgan ilk hakamlar bölişgan edi”, deyiladi xabarda.
Filadelfiya şahrida bölib ötgan bahs Frantsiya va Paragvay bahsda frantsuzlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Uçraşuvdagi yagona golni 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan urdi.
Uşbu uçraşuv Tantaşev uçun 2026 yilgi Jahon çempionatidagi uçinçi öyin böldi. U bunga qadar guruh bosqiçida Şotlandiya – Marokaş (0:1) hamda Jazoir – Avstriya (3:3) öyinlarini boşqargan edi.
Naşr talqiniga köra, Tantaşev Frantsiya foydasiga penalti belgilagan bölsa-da, butun öyin davomida atigi 3 ta sariq kartoçka körsatgan. Özbekistonlik hakam bahsga qattiq aralaşmagan, ammo Mbappe va boşqa frantsiyalik futbolçilarga nisbatan qöpol harakat qilgan, şuningdek, simulyatsiya qiliş va vaqtni çözişga uringan Paragvay futbolçilariga nisbatan intizomiy çora körmagan.
“Paragvayliklar maydonda istagan işini qildi. Ular yuqori saviyada taşkil etilgan jamoaga qarşi har qanday usuldan foydalanişga harakat qildi. Eng yomoni esa, buni heç kim töxtata olmadi”, dedi sobiq FIFA hakami Sergey Lapoçkin Matç TV telekanalining dasturlaridan birida.