JÇ finali çiptalari rekord darajada qimmatladi
2026 yilgi Jahon çempionati finali uçun çiptalar turnir tarixidagi eng qimmat narxlarda sotilmoqda. FIFA ilk bor joriy etgan dinamik narxlaş tizimi tufayli final uçraşuvi uçun çipta narxlari talabga qarab bir neça bor oşirildi.
ESPN malumotlariga köra, musobaqaning dastlabki sotuv bosqiçida final uçun eng qimmat 1-toifa çiptasi 6 730 dollar etib belgilangan. Keyingi bosqiçlarda esa uşbu çiptaning rasmiy narxi 10 990 dollargaça kötarilgan.
Şu bilan birga, FIFA keyinçalik yanada yuqori toifadagi “Front Category” örinlarini ham sotuvga çiqardi. Ularning rasmiy narxi 32 970 dollargaça yetgan.
“Reuters” takidlaşiça, 2026 yilgi Jahon çempionatining çiptalarida birinçi marta dinamik narxlaş amaliyoti qöllanilmoqda. Bu tizim talab ortişi bilan çipta narxlarini avtomatik ravişda oşiriş imkonini beradi. Natijada turnirning pley-off bosqiçi va finali uçun ikkilamçi bozordagi narxlar rasmiy qiymatdan bir neça barobar yuqoriga çiqqan.
Sönggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda final çiptalari “10 mingdan 61 ming dollargaça” degan malumot tarqaldi. Biroq hozirça FIFA yoki işonçli xalqaro naşrlarda 61 ming dollarlik rasmiy final çiptasi haqida tasdiqlangan malumot mavjud emas. Bunday raqamlar, asosan, VIP paketlari yoki ikkilamçi bozordagi xususiy takliflar bilan boğliq bölişi mumkin.