FIFA hal qiluvçi bosqiç uçun maxsus töpni taqdim etdi
FIFA 2026 yilgi Jahon çempionatining yarim finallari, uçinçi örin uçun bahs hamda final uçraşuvida qöllaniladigan maxsus “Trionda Final” töpini rasman taqdim etdi.
Malum qilinişiça, çorak finalga yöl olgan har bir jamoaga öyindan söng tayyorgarlik jarayonlari uçun 48 tadan maşğulot töpi topşiriladi. Bu jamoalarga hal qiluvçi bosqiçlarda aynan rasmiy öyin töpi bilan maşğulot ötkaziş imkonini beradi.
Hozirga kelib Jahon çempionatining çorak finaliga Frantsiya, Marokaş, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya va Angliya terma jamoalari çiqdi. Qolgan ikki iştirokçi esa Argentina – Misr hamda Şveytsariya – Kolumbiya örtasidagi 1/8 final bahslari yakunlariga köra aniqlanadi.
Malumot uçun, Jahon çempionati yarim final bahslari joriy yilning 14–15 iyul kunlari AQŞning Atlanta şahridagi “Atlanta” arenasida bölib ötadi. Uçinçi örin uçun uçraşuv 18 iyul kuni Mayamidagi “Mayami”da taşkil etiladi. Turnir finali esa joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-York şahri yaqinidagi “MetLayf” stadionida ötkaziladi.