FIFA Xorvatiyaning bekor qilingan goli yuzasidan rasmiy izoh berdi
FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 finali doirasidagi Portugaliya – Xorvatiya uçraşuvida bekor qilingan gol böyiça rasmiy bayonot bilan çiqdi.
Uçraşuv Portugaliyaning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Bahsning hal qiluvçi pallasida xorvatlar hisobni tenglaştirişga muvaffaq bölgandi, ammo Yoşko Gvardiolning goli VAR tekşiruvidan söng ofsayd sababli inobatga olinmadi.
FIFA’ning malum qilişiça, qaror qabul qilişda Adidas Trionda öyin töpi içiga örnatilgan “Connected Ball” texnologiyasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etgan. Töp içidagi IMU sensorlari Igor Matanoviç töpni ofsayd holatida turgan Mario Paşaliçga yetib borişidan avval unga tekkanini aniqlagan.
FIFA’ning takidlaşiça, mazkur sensorlar töpga bölgan eng kiçik teginişlarni ham aniqlay oladi va hakamlarga aniq hamda işonçli qaror qabul qiliş imkonini beradi.
Şu tariqa, Xorvatiyaning goli bekor qilindi va Portugaliya ğalabani saqlab qoldi. Portugaliyaliklar keyingi bosqiçda Ispaniya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Bu bahs joriy yilning 6 iyul kuni bölib ötadi.