USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇning rasmiy töpi koinotga uçirildi

82 марта
ЖЧнинг расмий тўпи коинотга учирилди

2026 yilgi FIFA Jahon çempionatining rasmiy töpi – Trionda ilmiy tajriba doirasida Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olib çiqildi. Bu haqda NASA xabar berdi.

Loyihadan közlangan maqsad nol tortişiş kuçi şaroitida töpning harakati va unga örnatilgan sensorlar qanday işlaşini örganişdan iborat böldi. XKS ekipaji töpning muvozanati uning harakatiga qay darajada tasir qilişini namoyiş etiş uçun 2019 yilda ötkazilgan tajribani takrorladi.

Malumotlarga köra, 2019 yilda NASA va Adidas hamkorligida SpaceX CRS-18 missiyasi orqali futbol töplari XKSga yuborilgan edi. Astronavtlar nol tortişiş şaroitida töplarning aylaniş tezligi, tebranişi va harakat trayektoriyasini örganib, olingan natijalarni Yerdagi tajribalar bilan taqqoslagan.

Tadqiqotning asosiy maqsadi töp içidagi massa taqsimoti uning barqarorligi va parvoziga qanday tasir körsatişini aniqlaş bölgan.

“Futbol töplari oldindan başorat qiliş mumkin bölgan tarzda harakatlanişi kerak. Şuning uçun sport muhandislari ularning massa markazi va muvozanatini doimiy ravişda ölçaydi va takomillaştiradi. Bu yil XKS ekipaji Trionda yordamida uşbu tajribani yana bir bor takrorladi”, deyiladi NASA’ning bayonotda.

Tadqiqotlar olimlarga töp içiga joylaştirilgan texnologiyalar, ayniqsa sensorlarning öyin vaqtidagi samaradorlikka tasirini yaxşiroq tuşuniş imkonini berdi.

NASA takidlaşiça, futbolni takomillaştirişga qaratilgan bu tajriba XKSdagi ilmiy izlanişlar Yerdagi hayot uçun qanday foyda keltirişining yana bir namunasidir.

Naşrlarning yozişiça, Trionda Jahon çempionatlari tarixidagi eng yuqori texnologiyali töplardan biri hisoblanadi. U 500 Gts tezlikda işlaydigan inertsial ölçov birligi (IMU) bilan jihozlangan bölib, töpning joylaşuvi, tezligi va aylanişi haqidagi malumotlarni VAR tizimiga uzatadi. Şuningdek, u futbolçining töpga tegiş lahzasini ham aniqlay oladi.

Trionda nomi ispan tilidagi “uç tölqin” manosini anglatuvçi iboradan olingan bölib, turnirning uç mezbon mamlakati – AQŞ, Kanada va Meksikani ramziy ifoda etadi. Töp dizaynida qizil, yaşil va kök ranglardan foydalanilgan, sirtida esa zarang bargi, burğut va yulduz tasvirlari aks etgan. Çuqur çoklarga ega tört panelli tuzilma töpning barqarorligini oşirsa, maxsus teksturali qoplamasi yomğirli ob-havoda ham yaxşi nazoratni taminlaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: