Xorvatiya terma jamoasi murabbiyi işdan ketdi
Zlatko Daliç Xorvatiya milliy terma jamoasi boş murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda Xorvatiya futbol federatsiyasining (HNS) rasmiy saytida xabar berildi.
“Qariyb töqqiz yillik faoliyatdan söng boş murabbiy Zlatko Daliç Xorvatiya milliy terma jamoasidagi nihoyatda muvaffaqiyatli faoliyatini yakunlaşga qaror qildi. Sizga ğalabalar, yutuqlar, yirik musobaqalarga yöllanmalar, medallar, jamoadagi birlik muhiti, özaro hurmat hamda Xorvatiya şarafini maydonda va maydon taşqarisida munosib himoya qiliş yölidagi beqiyos fidoyiligingiz uçun minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi federatsiya bayonotida.
Joriy yilning 2 iyul kuni Xorvatiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Portugaliyaga 1:2 hisobida mağlub bölib, musobaqani tark etgan edi.
Daliç Xorvatiya terma jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli va eng uzoq vaqt işlagan boş murabbiy sifatida faoliyatini yakunladi. U jamoani 2018 yilgi Jahon çempionatida kumuş, 2022 yilgi mundialda esa bronza medallariga ega çiqişiga hissa qöşgan.
Şuningdek, uning boşqaruvi ostida Xorvatiya 2023 yilgi UEFA Millatlar ligasida kumuş medalni qölga kiritdi. Jamoa, bundan taşqari, 2021 va 2024 yilgi Yevropa çempionatlari hamda 2026 yilgi Jahon çempionati final bosqiçlarida ham iştirok etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya milliy terma jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsmann ham Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsizligi sabab öz lavozimini tark etgandi.