FIFA JÇ finali ötkazilgan stadion maysalarini sotmoqçi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon çempionati finali bölib ötadigan Nyu-Yorkdagi stadion maysasining bir qismini sotuvga çiqaradi. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, maxsus qatron içiga joylangan maysa bölagining narxi 450 dollardan 3000 dollargaça böladi. Maysa parçalarini yetkazib beriş joriy yilning 19 iyul kuni bölib ötadigan final uçraşuvidan keyin boşlanadi. Hozirça yetkazib beriş xizmati faqat AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa mamlakatlaridagi xaridorlar uçun amal qiladi.
Maysa akril korpusga joylaştirilgan bölib, unda 2026 yilgi Jahon çempionati logotipi, final öyini ötkazilgan stadion nomi, uçraşuv sanasi va yakuniy hisob aks ettiriladi. Töplamga, şuningdek, haqiqiylik sertifikati saqlangan USB fleş-xotira ham qöşib beriladi.
Mahsulot Britaniya kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, 450, 900, 1200 va 3000 dollarlik tört xil töplam körinişida taqdim etiladi. Har bir variant atigi 2026 nusxada işlab çiqariladi. Barça töplamlar sotilişi natijasida 11,2 million dollardan ortiq daromad olinişi kutilmoqda.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. Hozirda turnir ğolibligi uçun, Frantsiya, Ispaniya, Angliya, Norvegiya, Argentina va Şveytsariya terma jamoalari kuraş olib bormoqda.