USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Messi xohlasa, hali ham dunyoning eng yaxşi futbolçisi böla oladi – Skaloni

74 марта
Месси хоҳласа, ҳали ҳам дунёнинг энг яхши футболчиси бўла олади – Скалони

Argentina milliy terma jamoasi boş murabbiyi Lionel Skaloni jamoa sardori Lionel Messining 39 yoşida ham yuqori darajada öyin körsatayotgani uni hayratga solmasligini aytdi. Bu haqda Skaloni Şveytsariyaga qarşi uçraşuv oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.

Mutaxassisning aytişiça, Messi faoliyatini davom ettirişni istar ekan, hamon dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölib qoladi.

“Leo deyarli har bir öyinda bir xil hajmda harakat qiladi. U jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy bilan katta iş olib bordi va bu öz samarasini berdi. U maydonda öz imkoniyatlarini töliq işga soladi. Qaçon xavf tuğdiriş mumkinligini his qilsa, haqiqiy maşinaga aylanadi”, deydi Skaloni.

Messi uşbu mundialda Misr va Avstriyaga qarşi öyinlarda penaltilarni aniq amalga oşira olmaganiga qaramay, Skaloni undan penalti tepiş huquqini olişni hatto öylamaganini bildirgan.

“Unga keyingi penaltini tepma, deb aytiş xayolimga ham kelmagan. Jamoada bu vazifani bajara oladigan boşqa futbolçilar ham bor. Ammo agar Leo xohlasa, penaltini özi tepadi. Maydonda u xohlagan qarorini qabul qilişi mumkin”, deydi Argentina ustozi.

Muşak jarohatidan tiklanganidan keyin oltinçi Jahon çempionatiga borgan Messining jismoniy holati haqida fikr bildirgan Skaloni uning tayyorgarligini yuqori baholagan.

Skalonining fikriça, Messining yoşi uning öyiniga salbiy tasir körsatişini kutayotganlar futbolçini yaxşi bilmaydi.

“Bu meni ajablantirmaydi. Balki uni yaxşi tanimaydiganlar 39 yoşida bunday darajada öynay olmaydi, deb öylaşgandir. Men buni neça marta aytganimni bilmayman: agar Messi xohlasa, u hali ham eng yaxşisi böladi. Buni faqat uning murabbiyi bölganim uçun aytmayapman”, deydi Skaloni.

Argentina terma jamoasi çorak finalda Şveytsariyaga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv ertaga, 12 iyul kuni Kanzas-Siti şahrida bölib ötadi. Agar Argentina çorak finalda Şveytsariyani mağlub etsa, yarim finalda Angliya yoki Norvegiya terma jamoasi bilan kuç sinaşadi.

Malumot uçun, Messi 2026 yilgi Jahon çempionatida Argentina terma jamoasining asosiy yetakçisiga aylandi. U beşta uçraşuvda 8 ta gol urib, “Oltin butsa” uçun kuraşda Frantsiya hujumçisi Kilian Mbappe bilan birga kuraşmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: