Fabio Kannavaro Özbekiston terma jamoasini tark etişi mumkin
12-07-2026, 05:10
353 марта

Fabio Kannavaro Özbekiston terma jamoasini tark etişi mumkin
Jahon çempioni va "Oltin töp" sohibi Fabio Kannavaro yaqin orada Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi lavozimidan ketişi mumkin.
Jurnalist Aleksandr Troitskiyning malumotlariga köra, oldindagi Osiyo Kubogida terma jamoani boşqa mutaxassis boşqarişi ehtimoli yuqori.
Bunday qarorga kelinişiga Özbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsiz iştiroki sabab bölgani aytilmoqda.
Bunday qarorga kelinişiga Özbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsiz iştiroki sabab bölgani aytilmoqda.

AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida ötgan mundialda vakillarimiz guruh bosqiçidan öta olişmadi va barça uçta uçraşuvda imkoniyatni boy berişdi. Jamoa Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasiga (1:3) mağlub bölib, öz guruhida birorta ham oçko jamğara olmadi.
Kannavaro Özbekiston terma jamoasini 2025 yilning 6 oktyabr kuni qabul qilib olgan va bu lavozimda Timur Kapadzening örnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis bilan "2+3" tizimi böyiça şartnoma imzolangan. Yani, dastlabki ikki yillik bitimga qöşimça ravişda kelişuvni yana uç yilga uzaytiriş imkoniyati közda tutilgan.

Malumotlarga köra, Kannavaroning yillik maoşi 4 million yevroni taşkil qiladi. Bu esa uni dunyodagi eng köp haq tölanadigan milliy terma jamoa murabbiylari qatoriga qöşadi.
Biroq, bunga qadar Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov bu mablağning katta qismi turli bonus tölovlaridan iborat ekanligini, asosiy kafolatlangan maoş esa pastroq ekanligini malum qilgan edi.
Hozirgi vaqtda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Kannavaroning kelajagi borasida heç qanday rasmiy bayonot bergani yöq.