USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Diyego Forlan Urugvay terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi

57 марта
Диего Форлан Уругвай терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди

2010 yilgi Jahon çempionatining eng yaxşi futbolçisi deb topilgan Diyego Forlan Urugvay milliy terma jamoasiga boş murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Urugvay futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, tomonlar örtasidagi şartnoma 2027 yilning martiga qadar amal qiladi. Uning muddati yakunlanganidan söng, assotsiatsiya rahbariyati Forlan bilan hamkorlikni davom ettiriş yoki ettirmaslik masalasida qaror qabul qiladi. Qayd etilişiça, Urugvay futbol assotsiatsiyasida bölib ötadigan prezidentlik saylovlari sababli taşkilot hozirça uzoq muddatli şartnoma tuzişga tayyor emas.

47 yoşli mutaxassis 2023 yildan buyon milliy terma jamoani boşqarib kelgan Marselo Belsaning örnini egalladi. Uning boşçiligida Urugvay 2026 yilgi Jahon çempionatiga yöllanma olgan bölsa-da, musobaqada birorta ham ğalaba qozona olmadi va guruh bosqiçidan çiqa olmadi. Jamoa Saudiya Arabistoni bilan 1:1, Kabo-Verde bilan 2:2 hisobida durang öynadi hamda Ispaniyaga 0:1 hisobida mağlub böldi.

Forlan murabbiylik faoliyatini 2019 yil dekabr oyida Urugvayning “Penyarol” klubida boşlagan. Biroq 2020 yil sentyabr oyida lavozimini tark etgan. 2021 yil mart oyida esa “Atenas” klubini qabul qilib olgan va u yerda olti oy işlagan.

Futbolçilik faoliyati davomida Forlan Angliyaning “Mançester Yunayted”, Ispaniyaning “Vilyarreal” va “Atletiko”, Italiyaning “Inter”, şuningdek, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Hindiston hamda Gonkong klublari şarafini himoya qilgan.

Malumot uçun, Urugvay milliy terma jamoasi safida Forlan 112 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 36 ta gol urgan. U mamlakat terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida uçinçi örinni egallab turibdi.

2011 yilda Forlan Urugvay bilan Kopa Amerika musobaqasida çempionlikni qölga kiritgan. 2010 yilgi Jahon çempionatida esa Urugvay törtinçi örinni egallagan. Forlan turnirda 7 ta uçraşuvda 5 ta gol urib, musobaqaning ham eng yaxşi futbolçisi, ham eng yaxşi töpurarlaridan biri sifatida etirof etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: