FIFA JÇ iştirokçilari sonini 64 taga yetkazmoqçi
FIFA prezidenti Janni Infantino kelajakda Jahon çempionatida iştirok etuvçi milliy terma jamoalar sonini 64 tagaça oşiriş masalasi körib çiqilişi mumkinligini malum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Uning bildirişiça, mazkur ğoya 2026 yilgi Jahon çempionati yakunlanganidan keyin muhokama qilinişi mumkin.
“Faqat Yevropa va Janubiy Amerika emas, balki butun dunyo Jahon çempionati haqida orzu qila olişi kerak”, deydi Infantino.
FIFA rahbari, şuningdek, AQŞ, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi mundialda ilk bor 48 ta jamoa iştirok etayotganini “ulkan muvaffaqiyat” deb baholagan. Uning fikriça, barça qitalar vakillarining saviyasi sezilarli darajada oşib bormoqda.
2026 yilgi musobaqada iştirokçilar soni ilk bor 48 taga yetkazildi. Bu özgariş pley-offning qöşimça bosqiçini joriy etiş imkonini berdi va umumiy öyinlar sonini 104 taga oşirdi.
Agar 64 jamoali format tasdiqlansa, Jahon çempionati iştirokçilari soni qisqa vaqt içida 32 tadan 64 tagaça, yani ikki barobarga köpaygan böladi. Biroq Infantino bu tizim qaçon joriy etilişi va musobaqa qay tarzda taşkil etilişi haqida aniq malumot bermagan.
Ayni paytda 2026 yilgi Jahon çempionati yarim finalida Frantsiya – Ispaniya va Argentina – Angliya bahslari bölib ötadi. Musobaqa tarixida ilk bor FIFA reytingidagi eng kuçli törtta terma jamoa yarim finalga yöl oldi.
Yarim final uçraşuvlari 14-15 iyul kunlari ötkaziladi. Uçinçi örin uçun bahs 18 iyul kuni Mayamida bölib ötsa, final 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi “MetLayf” stadionida ötkaziladi.
Malumot uçun, navbatdagi 2030 yilgi Jahon çempionati Ispaniya, Portugaliya, Marokaş, Argentina, Paragvay va Urugvay mezbonligida bölib ötadi. Oçiliş uçraşuvi Montevideodagi maşhur “Sentenario” stadionida taşkil etiladi. Barça olti mezbon davlat töğridan töğri final bosqiçiga yöllanma oladi. Bu Jahon çempionati tarixida ilk bor uç qita – Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikada bir vaqtning özida ötkaziladigan mundial böladi.