Makgregor oktagonga qaytişga vada berdi
Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq çempioni Konor Makgregor UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarşi keçgan jangdagi mağlubiyatdan söng faoliyatini davom ettiriş niyatida ekanini malum qildi. Bu haqda u özining X sahifasida yozib qoldirdi.
Keça, 12 iyul kuni bölib ötgan jangda Makgregor oyoğidan jarohat olib, texnik nokaut bilan mağlub böldi. Jang boşida u noqulay tarzda oyoğidan jarohat oldi. Şu bois hakam bahsni muddatidan avval töxtatişga qaror qildi.
“Men ajoyib formada edim va bu jangga juda yaxşi tayyorgarlik körgandim. Haligaça bu voqeaga işona olmayapman. Men tayyor emas edim, degan har qanday gap mutlaqo bemanilik. Men xotirjam, tayyor va öziga işongan holda oktagonga çiqqan edim. Hozirgaça nima bölganini anglay olmayapman. Göyo şayton közimga tikilib turganday. Lekin men u bilan kuraşmayman. Bu sinovdan ötaman, yölimdan adaşmayman va albatta qaytaman”, deb yozdi Makgregor.
UFC prezidenti Deyna Uayt esa Makgregorning oldingi krestsimon boylami (ACL) uzilgan bölişi mumkinligini malum qildi.
37 yoşli Makgregor beş yillik tanaffusdan keyin aralaş yakkakuraşlar (MMA)ga qaytgan edi. Uning hisobida hozirgaça 22 ta ğalaba va 7 ta mağlubiyat bor. Irlandiyalik avval UFC’ning yarim yengil hamda yengil vazn toifalarida çempionlik kamarlarini qölga kiritgan.
34 yoşli Maks Xollouey esa faoliyati davomida 28 ta ğalaba va 9 ta mağlubiyat qayd etgan.