USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Makgregor 69 soniyalik jangda 30 mln dollar işladi

153 марта
Макгрегор 69 сониялик жангда 30 млн доллар ишлади

Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq çempioni, irlandiyalik Konor Makgregor UFC 329 turnirida amerikalik Maks Xolloueyga qarşi jang uçun 30 million dollar gonorar oldi. Bu haqda “Fight Basic” xabar berdi.

Manba malumotiga köra, Makgregor 69 soniyalik jangda 30 million dollar işlab topgan. Bu har bir soniya uçun taxminan 435 ming dollarga teng.

Jang ğolibi Maks Xollouey esa mazkur bahs uçun 3 million dollar mukofot puliga ega bölgan.

Las-Vegasda bölib ötgan asosiy jang boşlanganidan atigi 69 soniya ötib texnik nokaut bilan yakunlandi. Makgregor bahsni raqibining boşiga tepiş bilan boşlagan bölsa-da, köp ötmay öng oyoğiga noqulay yiqildi. Şundan söng u bir neça bor muvozanatini yöqotib, oktagonga quladi va oyoğidagi jarohat sabab jangni davom ettira olmadi.

Keyinçalik irlandiyalik jangçi son suyagi sohasidan jarohat olganini malum qildi. Ayni paytda, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim muxlislar va tahlilçilar uning jang oldidan jismoniy holatiga şubha bildirişdi. Makgregor esa bahsgaça heç qanday jarohati bölmaganini takidlab, oktagonga yana qaytiş niyatida ekanini malum qildi.

UFC 329 turnirida gonorar böyiça keyingi örinni britaniyalik Peddi Pimblett egalladi. U asosiy kardda frantsiyalik Benua Sen-Deni ustidan böğiş usuli bilan ğalaba qozondi. Bu jang ham bir daqiqadan sal köproq davom etdi. Pimblett ğalaba uçun 850 ming dollar, Sen-Deni esa 500 ming dollar işlab oldi.

Malumot uçun, Makgregor 2021 yil iyul oyida amerikalik Dastin Porega qarşi jangda oyoğini sindirib olganidan beri MMA bahslarida iştirok etmagan edi. Uning professional faoliyatida hozirga qadar 22 ta ğalaba va 7 ta mağlubiyat qayd etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: