Tuxel Messiga qarşi öyin haqida: "Angliya çorasini topadi"
15-07-2026, 12:18
99 марта

Tuxel Messiga qarşi öyin haqida: "Angliya çorasini topadi"
Angliya terma jamoasi boş murabbiyi Tomas Tuxel JÇ-2026 yarim finali doirasida Argentinaga qarşi bugungi öyin arafasida raqib hujumçisi Lionel Messini qanday zararsizlantiriş haqida fikr bildirdi.
"Biz uni doimo va 100 foiz töxtata olmasligimizni juda yaxşi tuşunamiz. U Xolandga qaraganda tamomila boşqaça öyinçi, lekin biz [Norvegiya bilan] özimizça juda yaxşi öynadik – Erlingga qarşi öynaş kerak bölganidek, şuning uçun biz çorasini topamiz.
Menimça, bu jamoamning unga qarşi öynaşi birinçi marta. Uning har safar şunçalik turli xil yöllar bilan çiqib ketişi şunçaki aqlbovar qilmas. U böş zonalarni topadi, u vaziyatlarni topadi va menimça,
asosiysi – butun jamoa uning ğoyalarini bölişadi.
Ular uni qöllab-quvvatlaş va yordam beriş ğoyasi bilan birlaşgan va ular Messi öyinga qöşilib, uning borişini özgartiradigan daqiqalarga tayyor turişadi. Albatta, biz bunga tayyorgarlik köramiz.
Ular uni qöllab-quvvatlaş va yordam beriş ğoyasi bilan birlaşgan va ular Messi öyinga qöşilib, uning borişini özgartiradigan daqiqalarga tayyor turişadi. Albatta, biz bunga tayyorgarlik köramiz.
Bunga tayyorgarlik köriş, retsept topiş va unga qattiq diqqatni qaratiş mumkinmi? Yöq, lekin biz jasur bölişimiz kerak, u bilan jasur bölişimiz kerak, uni qöllab-quvvatlaşdan mahrum qilişimiz va u töp bilan bölganda barça harakatlarini kuzatib borişimiz kerak", – dedi Tuxel.