Deşam Ispaniya bilan öyindan keyin hakamni tanqid qildi
Frantsiya terma jamoasi boş murabbiyi Dide Deşam Jahon çempionatining yarim finalida Ispaniyaga qarşi uçraşuvni boşqargan salvadorlik hakam Ivan Bartonning faoliyatini tanqid qildi. Bu haqda “L’Equipe” naşri xabar berdi.
Avvalroq Ispaniya terma jamoasi Jahon çempionatining yarim finalida Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etgan edi. Ğolib jamoa safida Mikel Oyarsabal 22-daqiqada penaltidan, Pedro Porro esa 58-daqiqada gol urdi.
“Ispaniya juda kuçli jamoa ekanini yana bir bor isbotladi. Biz esa öz imkoniyatlarimizdan pastroq öynadik va odatdagidan köproq texnik xatolarga yöl qöydik. Bunda Uilyam Salibaning jarohat olişi ham, Adriyen Raboning ikkinçi sariq kartoçka oliş xavfi ostida öynagani ham tasir qildi. Finalga çiqiş uçun eng yaxşi öyinimizni körsatişimiz kerak edi, ammo afsuski, buning uddasidan çiqa olmadik. Bu biz uçun katta umidsizlik. Şu bilan birga, yumşoq qilib aytganda, ayrim bahsli hakamlik qarorlari ham sabab böldi”, deydi Deşam.
Frantsiyalik mutaxassis mağlubiyat uçun hakamni ayblaşni istamasligini, ammo uning faoliyati savollar tuğdirganini takidladi.
“Qaysi qarorlarni nazarda tutyapman? Eng avvalo, biz özimiz qayerda xatoga yöl qöyganimizni körişimiz kerak. Men mağlubiyatdan keyin bahona qilayotgandek tuyulişni istamayman. Lekin hakam Jahon çempionati yarim finali darajasiga mos keldimi? Bu savol oçiq qolmoqda. Men uning har bir qarorini muhokama qilmoqçi emasman. Biz öyinni yetarliça nazorat qila olmadik, raqib esa bizni xatoga majbur qildi. Bu yarim final edi va köplab futbolçilarimiz uçun bunday bosqiçdagi ilk öyin böldi. Ötmişdagi yutuqlarimiz öz qiymatini yöqotmaydi, ammo bunday raqibga qarşi ham texnik, ham jismoniy jihatdan eng yuqori saviyada böliş talab etiladi. Afsuski, bugun biz bunga erişa olmadik”, deya qöşimça qildi Deşam.
Eslatib ötamiz, Jahon çempionatining ikkinçi yarim finalida bugun, 15 iyul kuni Angliya va Argentina terma jamoalari özaro bahs olib boradi. Final uçraşuvi esa 19 iyul kuni bölib ötadi.