JÇ finalida tanaffus 30 daqiqa bölişi mumkin
FIFA’ning Superboul uslubidagi tanaffus şouini joriy etiş haqidagi bahsli qarori ortidan 2026 yilgi Jahon çempionati finalida tanaffus 30 daqiqagaça uzaytirilişi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.
Joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi “MetLayf” stadionida bölib ötadigan Jahon çempionati finali uçraşuvida ilk bor “final şou”si taşkil etiladi. Kontsert dasturida kanadalik xonanda Jastin Biber, amerikalik pop yulduz Madonna, kolumbiyalik xonanda Şakira hamda Janubiy Koreyaning BTS guruhi iştirok etadi. Tadbirga Coldplay guruhi solisti Kris Martin boşçilik qiladi.
Final boşlanişidan avval esa 90 daqiqalik yopiliş marosimi ötkazilişi rejalaştirilgan. Unda aktyor Tom Kruz, xonandalar Laura Pauzini, Nikol Şerzinger, Robbi Uilyams hamda maşhur bloger IŞowSpeed iştirok etadi.
Naşrga köra, Buyuk Britaniyaning BBC va ITV telekanallari efir rejasini ehtimoliy 30 daqiqalik tanaffusga moslaştirişga allaqaçon kirişgan. Bu 11 daqiqalik kontsert dasturini efirga uzatiş hamda birinçi bölimdan keyingi ananaviy 15 daqiqalik ekspertlar tahlilini saqlab qoliş imkonini beradi.
Kontsertning özi 11 daqiqa davom etadi. Biroq sahnani örnatiş va uçraşuv qayta boşlanişidan oldin uni yiğiştiriş uçun qöşimça vaqt talab etiladi.
Futbol qoidalarini belgilab beruvçi Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengaşi (IFAB) qoidalariga köra, uçraşuvlar oraliğidagi tanaffus 15 daqiqadan oşmasligi lozim.
2021 yilda IFAB Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL)ning tanaffusni 25 daqiqagaça uzaytiriş taklifini rad etgan edi. Qarorga köra, bunday özgariş futbolçilarning soğliği va xavfsizligiga salbiy tasir körsatişi mumkin.
Şunga qaramay, FIFA 2025 yilgi Klublar örtasidagi jahon çempionati finalida ham uşbu amaliyotni qöllagan. Nyu-Jersida bölib ötgan öşa bahsda Coldplay, Doja Cat va Tems iştirokidagi şou sababli tanaffus 25 daqiqaga çözilgan. Xuddi şunday holat 2024 yilgi Amerika kubogi finalida ham kuzatilgan. Öşanda Şakiraning çiqişi munosabati bilan tanaffus qariyb 25 daqiqa davom etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya terma jamoasi Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etib, 2026 yilgi Jahon çempionati finaliga çiqqan birinçi jamoaga aylandi. Ikkinçi finalçi Angliya hamda Argentina örtasidagi yarim final ğolibi böladi.